×
Menu
Close Menu

​“Immunologiyaning zamonaviy, xavfsiz va tezkor yechimlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

  Joriy yilning 22-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot univeritetida universitet qoshidagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan immunologiyaning dolzarb masalalariga qaratilgan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

  Anjumanni SamDTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Aziz Kubayev ochib berdi hamda immunologiyaning bugungi kundagi  ahamiyati, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

  Shuningdek, universitet qoshidagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi direktori Dilafruz Xolmurodova so‘zga chiqib, bugungi kunda tibbiyotning dolzarb vazifasiga aylangan immunologiya sohasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Markaz faoliyati va erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.

  Anjuman ishtirokchilari tomonidan “Immunitetning pasayish sabablari”, “Immunitet, vitaminlar va oziqlanish”, “Immunologiyaning zamonaviy va tezkor yechimlari” hamda “Immunologiya va salomatlik” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

  Tashkil etilgan mazkur ilmiy anjuman inson salomatligida, kasalliklarni davolashdan ko‘ra oldini olishda immunologiyani rolini yanada oshirish orqali bu sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


SamDTU Matbuot xizmati