Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Tibbiy pedagogika fakulteti xotin- qizlar maslahat kengashi va Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiya Isroilovaning 110-yilligiga bag‘ishlab “Bahor keldi seni so‘roqlab” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda talabalar Zulfiyaxonim ijodiga bag‘ishlangan videoroliklari bilan ishtirok etdilar.
Maroqli adabiy kechaga aylanib ketgan tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, fakultet dekani U.Po‘latovning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
SamDTU Matbuot xizmati