×
Menu
Close Menu

​Kattaqo‘rg‘on shahrida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

  Joriy yilning 11-mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda akusherlik va ginekologiya amaliyotida ko‘p uchraydigan patologik tug‘ruqlar, abdominal tug‘dirish kabi muammolarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

  "Murakkab tug‘ruqlar: tajriba, kamchiliklar, innovatsiyalar" mavzusida o‘tkazilgan anjumanda SamDTU Diplomdan keyingi ta’lim fakultetiga qarashli Akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari tomonidan Akusherlik amaliyotidagi keng tarqalgan patologiyalar, klinik holatlarni tahlil qilish va mavjud yondashuvlardagi kamchiliklar hamda akusherlik va ginekologiya sohasidagi zamonaviy yechimlar va innovatsion usullar borasida fikrlar bildirilib, ma’lumotlar taqdim etildi.

  Anjuman davomida mavzu doirasida yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


SamDTU Matbuot xizmati