Joriy yilning 12-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimligi diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Boymurodov Sohibnazar Mardonovich, 1-son davolash ishin fakulteti talabalari hamda SamDTU ko'p tarmoqli klinikasi(1-sonli klinika) xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida yig'ilganlarga mavzu yuzasidan kerakli tushuntirishlar berilib, ogohlik davr talabi ekanligi uqtirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
SamDTU Matbuot xizmati