Joriy yilning 11-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sherzod Majidov va o‘qituvchi Sharif Umurov “Ma’rifat ulashib” dasturi doirasida Samarqand shahridagi zaif ko‘ruvchi bolalar uchun 60-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida davomida fan o‘qituvchilari tomonidan tarix hamda odobnoma fanlaridan ochiq darslar, “Zakovat” intelektual o‘yiniga qatnashildi. Mazkur o‘yin qiziqarli bahsu-munozaralardan iborat bo‘ldi, ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari yuqori intellektual salohiyati, mantiqiy fikrash qobiliyatlari va jamoada ishlash ko‘nikmalarini to‘liq namoyon etdilar. O‘yin yakunida barcha faol ishtirok etgan o‘quvchilar va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, tashrif doirasida davra suhbati ham o‘tkazib o’quvchilarga Samarqand davlat tibbiyot universitetida yaratilgan shart-sharoitlar va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, yaqinlashayotgan “21-mart Navro‘z bayrami” tarixiy ildizlari va halqimiz uchun ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi, o‘quvchilarni barcha qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
SamDTU matbuot xizmati