2020-yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2-10 yoshli bolalar orasida yiliga 2 marta ommaviy degelmitizatsiya o‘tkazilishi aytib o‘tilgan. Va hozirda 2-10 yoshli bolalar orasida ommaviy degelmitizatsiya o‘tkazib kelinmoqda. Shunga qaramay bolalar orasida parazitar kasalliklar, ayniqsa ichak parazitozlari ko‘paymoqda. Ushbu muammo yuzasidan fikr almashish, aholi orasida parazitar kasalliklarni kamaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 17-mart kuni “Parazitar va yuqumli kasalliklarning dolzarb muammolari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
SamDTU huzuridagi L.M.Isayev nomli mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti tashabbusi bilan o‘tkazilgan anjumanda Respublikamiz bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi hamda Belorussiyadan ham soha vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ilmiy-amaliy anjumanda parazitar va yuqumli kasalliklarni davolash va tashxislash jarayonida zamonaviy yuqori texnologik apparatlarni tatbiq qilish, kasalliklarning dolzarb muammolari, ularning yangi zamonaviy tashxislash usullari muhokama qilindi.
SamDTU Matbuot xizmati