O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan 2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2022-yil 1-apreldagi PQ – 188–son qarorining ijrosi bo‘yicha Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetining bir guruh xodimlari tomonidan RSHTYoIM Jizzax filialida tibbiy ko‘riklar va xodimlar uchun o‘quv ma’ruzalari tashkil etildi.
SamDTU xodimlari tomonidan urologiya, nevrologiya, intensiv terapiya va anesteziologiya bo‘limlarida bemorlar tekshiruvdan o‘tkazilib, kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek, SamDTU urolog-transplantologlari tomonidan Jizzax viloyatidagi «buyrak transplantatsiyasi» o‘tkazgan bemorlar bilan ko‘rik o‘tkazildi va kerakli tavsiyalar berildi.
Jizzax filiali qarashli qabul bo‘limi, shoshilinch va rejali urologiya, Nevrologiya 2-xirurgiya bo‘limidagi bemorlarga «O‘tkir siydik tutilish», «Ayollarda siydik tuta olmaslik», «Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi» mavzusida ma’ruza va suhbatlar tashkil etildi.
SamDTU Matbuot xizmati