×
Menu
Close Menu

Belarus davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichda

     Joriy yilning 14-mart kuni  Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Belarus davlat tibbiyot universiteti rektori, Belarus Milliy fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Rubnikovich Sergey Petrovich tashrif buyurdi. Mehmonni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi hamda tashrif doirasida oʻzaro uchrashuv tashkil etildi.

     Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, birgalikdagi loyihalarni rivojlantirish, akademik va ilmiy harakatchanlikni yoʻlga qoʻyish masalalari diqqat markazida boʻldi.

     Shuningdek, mehmonlar universitet va undagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish barobarida taʼlim tizimi va jarayoni haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.

     Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi tashkil etilib, Belarus davlat tibbiyot universiteti rektori Rubnikovich Sergey Petrovichga Samarqand davlat tibbiyot universiteti "FAXRIY PROFESSORI" unvoni topshirildi.

SamDTU Matbuot xizmati