2025-yilning 15-martdan 15-aprelgacha Respublika hududida o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi Boshlig‘i N.Islomov, B.Mirzaqobilov, X.Zoyirova Sam DTU 1-klinikasi xodimlari, Sam DTU rahbarlar tarkibi, professor-o‘qituvchilari va talabalar, ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida 2025-yilning 15-martdan 15-aprelgacha Respublika hududida o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Fuqaro muhofazasi” borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar, bahor mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy tusdagi Sel va ko‘chki bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda hamda ishchi xodimlar va talabalarni “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishda tadbirlar samaradorligini oshirish xususida so‘z yuritildi.