Joriy yilning 15-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida otorinolaringologiyaning dolzarb muammolariga qaratilgan “Yosh otorinolaringologlar klubi” yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbir ochilishida so‘zga chiqqan SamDTU DKTF Otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, 1-son davolash ishi fakulteti dekani G‘.U.Lutfullayev tashkil etilgan klubning yosh izlanuvchilar uchun ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida “Yosh otorinolaringologlar klubi” haqida batafsil ma’lumot berilib, taqdimotlar qilindi.
Klub yig‘ilishi doirasida sohaning bir qator dolzarb muammolariga qaratilgan ma’ruzalar, jumladan, “Burun yondosh bo‘shliqlari anatomiyasi va kompyuter tomografiyasi”, Estezioneyroblastomaning xirurgik davolash usullari”, “Burun to‘sig‘i perforatsiyasi” va boshqa mavzular yuzasidan chiqishlar qilindi.
Tadbir davomida muhokamalar tashkil qilinib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
SamDTU Matbuot xizmati