×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  O’sib kelayotgan avlod tarbiyasi, har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashga intilish – o’zbek halqining o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Murabbiylar rahbarligida talabalar jamoat tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar, madaniy dam olish, Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylarida, teatr va muzeylarda bulmoqdalar.

  Jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar institut sport majmuasida tashkil etilgan futbol, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, tennis, suzish, milliy kurash, yengil atletika bo’yicha sport seksiyalarida qatnashib kelmoqdalar. Ular nafaqat mahalliy, balki Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqdalar.

  Kafedramizning shiori – «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». Sharq donishmandligi ta’kidlaganidek «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bulmaydi».

  Kafedrada talabalar va professor-o’qituvchilar o’rtasida quyidagi ishlar olib borilmoqda:

- Prezident Sh.M.Mirziyoyevning avlodni har tomonlama barkamol rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Kengashining qarorlari, shuningdek mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari asosida shaxsning ma’naviy dunyoqarashlari, ma’naviy-tarbiyaviy sifatlarini uyg’unlashtirishni oshirish va mukammallashtirish;

- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik va isloxotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ruxida tarbiyalash;

-talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish;

- talabalar o’rtasida siyosiy-huquqiy madaniyatni oshirish;

- yurtimizda va jahon miqyosida ahamiyatga molik siyosiy va ijtimoiy o’zgarishlardan talabalarni o’z vaqtida xabardor qilib borish;

- talabalar o’rtasida sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish;

  Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishlarida, qiziqish va qobiliyatlariga ko’ra turli tugarak va seksiyalarda qatnashishlarini ta’minlash, tegishli mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha tavsiya va maslaxatlar berish.

  Kafedrada har bir murabbiy ishchi dastur - yo’l xaritasiga ega bo’lib, uning asosida murabbiylik guruhi bilan turli tadbirlarni o’tkazadi. Har bir murabbiyda talaba to’g’risidagi barcha ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, o’tkazilgan tadbirlar ko’lamini yoritib beruvchi albomlar va disklar mavjud. Dekan va dekan o’rinbosarlari tomonidan muntazam ravishda murabbiylar va talabalar bilan uchrashuv, suhbatlar o’tkazilib kelinmoqda. Talabalar haftaning har payshanba kunlari «Axborot soati» materiallari bilan tanishtirib boriladi.

  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan yo’l xaritasi asosida olib borilib, unga ko’ra tarixiy sanalarga, milliy bayramlarga, sport musobaqalariga oid turli chora-tadbirlar o’tkaziladi. Huquqni muhofaza qilish organlari, ma’naviyat markazlari boshqa hamkor tashkilotlar bilan uzviy aloqalar yo’lga qo’yilgan va uchrashuvlar, suhbatlar o’tkazib kelinmoqda.