×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedraning asosiy ukuv bazasi Samarkand Viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi (VBKTTM) da joylashgan. Kafedraning o’quv maydoni 412 kv.m. tashkil etadi. Kafedrada: 1 ta kafedra mudirining xonasi, 1 ta maʼruza xonasi (40 o’rinli), 3 ta dotsent xonasi, 3 ta assistent xonasi mavjud. Bundan tashqari universitet maʼmuriyati va tibbiyot muassasalarining bosh xakimlari o’rtasida tuzilgan shartnomalarga binoan pediatriya, davolash, stomatologiya va tibbiy profilaktika fakultetlarining I-V kurs talabalari bilan Samarkand VBKTTM ning gastroentorologiya, nefrologiya, pulmonologiya, erta yoshdagi bolalar kasalliklari, kardiologiya va kabul bulimlarida amaliy mashgulotlar olib boriladi. Kafedraga universitet tomonidan 6 ta kompyuter, 1 ta noutbuk, 1 netbuk, 1 ta planshet va 1 multimediyali proyektor berilgan. Dars jarayonida kafedra xodimlari va talabalar ulardan unumli foydalanishadi.

  Talabalarning semestr davomida olgan kunlik reyting ballari electron jurnallarga va kafedraning reyting oynasida muntazam ravishda qayd etib boriladi. Yetarli ball to’plamagan talabalar bilan kafedra xodimlari reja asosida qo’shimcha dars o’tiladi va qayta o’zlashtirish natijalari tegishli daftarga qayd etilib boriladi.

  Kafedra professor-o’kituvchilari o’quv yili davomida reja asosida o’zaro darslarga qatnashadilar va o’tkazilgan mashg’ulotlar to’g’risidagi o’z fikrlarini alohida daftarga yozib boradilar. Ochiq mashg’ulot va ochiq maʼruzalar kafedra yig’ilishi va uslubiy tarmoq kengashida tasdiqlangan reja asosida o’z vaqtida o’tkazilib boriladi.

  Kafedra mudiri, t.f.d., dotsent N.I.Аxmedjanova, dotsentlar B.A.Yuldashev, А.А.Аxmatov, M.D.Аralov tomonlaridan ochiq maʼruzalar va kafedraning barcha assistentlari tomonidan 2 tadan har xil mavzularda ochiq darslar o’tkaziladi.