×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  2-pediatriya kafedrasi SamDMU va Qarag’anda Medicina Universiteti (Qozog’iston), hamda Sankt-Peterburg MU (Rossiya Federatsiyasi) o’rtasida ta’lim berish bo’yicha tuzilgan o’zaro Memorandum doirasida ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

  2022 yil 18-25 iyun sanasida SamDMU   2-pediatriya kafedrasi dotsenti A.Axmatov va ass. Raxmanovlar tomonidan Qarag’anda Medicina Universiteti (Qozog’iston) 7R01120 – «Педиатрия» fanining «Детские болезни (стационар – 1), НАО «МУК») sikli bo’yicha 8-001, 8-002, 8-003 ped guruhlariga 32 soatlik ma’ruza a amaliy mashg’ulotlar (oflayn) mashgulotlar tashkil qilindi.  

  2023-2024 o’quv yili davomida Sankt-Peterburg MU pediatriya kafedrasining professori, t. f. d. Smirnova N.N. tomonidanSamDMU   2-pediatriya kafedrasida tahsil olayotgan Pediatriya fakultetining 5-kurs talabalari, magistrlar, klinik ordinatorlar uchun “Вolalar nefrologiyasi” bo’yicha ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar (onlayn) siklini o’tkazdi.

  Bugungi kunda 2-Pediatriya kafedrasi yaqin va uzoq xorijning 4 ta oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro hamkorlik sohasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda:

  1.  N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
  2.  Аkad. I.P. Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg tibbiyot universiteti.
  3.  Qarag'anda davlat tibbiyot universiteti.
  4.  Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.