Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi talabalar ilmiy jamiyati «Yosh ftiziatrlar» deb nomlanib, to’garak azolari soni 15 nafar talabadan iborat. Talabalar ilmiy jamiyati azolari kafedra assistentlariga biriktirilgan bo’lib, ular o’rtasida ustoz-shogird ananalari yaxshi shakllantirilgan. Talabalar ilmiy jamiyati raisi kafedra mudiri PhD, dosent Kim A.A. bo’lib xisoblanadi. Kafedrada talabalar ilmiy jamiyati ishchi rejasi kafedra mudiri va ma’sullar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, jamiyat faoliyati ushbu ishlab chiqilgan reja bo’yicha olib boriladi.Talabalar ilmiy jamiyati azolari yig’ilishlari xaftaning shanba kunilari kafedra majlislar zalida olib boriladi. O’tkazilgan yig’ilishlar bayonnoma tarzida rasmiylashtirilib boriladi.
Kafedrada «Yosh ftiziatrlar» to’garagi ilmiy-tadqiqot ishlari sil kasalligi erta diagnostikasi, silning dorilarga turg’un shakllarining klinik kechish xususiyatlari, davosi, bolalarda sil kasalligi o’choqlarida kasallik profilaktikasi dasturlarini takomillashtirish xamda amaliyotga joriy qilish yo’nalishlari bo’yicha olib borilmoqda. Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi, Samarqand shahar silga qarshi kurashish dispanserida davolanayotgan bemorlar tadqiqot obyekti xisoblanadi.
Kafedra mudiri va masullar tomonidan biriktirilgan ilmiy to’garak a’zolari uchun ilmiy ish mavzulari shakllantirilgan bo’lib, talabalar ilmiy ish mavzusi bo’yicha tadqiqot ishlarini olib boradilar. Kafedrada o’tkazilgan yig’ilishlarda ustozlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari mavzusini tanlash, ilmiy izlanish jarayonida kerakli bo’lgan birlamchi xujjatlarni to’plash, ularni qayd qilish, yuritish haqida tushunchalar berib borilishi barobarida talabalarning oratorlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida o’z ilmiy ishlariga doir mavzulardagi dolzarb muammolarni prezentasiya shaklida bayon qilishadi, ularning tahlillarini munozara shaklida o’tkazishadi.
Talabalar ilmiy ishlari natijalari tezislar xamda maqolalarda o’z aksini topib, anjumanlarda bayon qilingan. Talabalar ilmiy jamiyati azolari xozirgacha o’tkazilgan maxalliy, xalqaro olimpiadalar, konfrensiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko’rsatib kelishmoqda. Jumladan, to’garak a’zolari Buxoro tibbiyot institutida 25 dekabr 2020 yilda o’tkazilgan “Ot ucheniya Abu Ali ibn Sina - do tretyego renessansa” Xalqaro talabalar onlayn olimpiadasi faol qatnashdilar: Mamadiyorova Mashxura (III darajali diplom), Raxmatillayev Robbonjon (“Unikal professionalizm uchun» diplomi), Shermatov Elbek (“Amaliy ko’nikmani eng yaxshi yechganlik uchun» diplomi). Buxoro tibbiyot institutida 21 yanvar 2022 yilda o’tkazilgan navbatdagi “Ot ucheniya Abu Ali ibn Sina - do tretyego renessansa” Xalkaro talabalar onlayn olimpiadasi esa, Abdunazarova Fotima III darajali diplom, Mirzayeva Nazokat II darajali diplom egasi bo’lishdi. Shuningdek, to’garak a’zosi davolash fakulteti 4-kurs talabasi Mamadiyorova Mashxura (ilmiy raxbari Xodjayeva S.A.) 2021 yil 25 martda Tashkent shahrida o’tkazilgan “Kattalar va bolalarda tuberkulyoz va nospesefik respirator patologiyaning diagnostikasi, davolash va profilaktikasiga innovasion yondashish” Xalqaro ilmiy-amaliy (on-line) konferensiyasida o’zining ilmiy tadqiqotlari natijalarini jamlagan dokladi bilan muvaffaqiyatli qatnashib, I darajali diplom sohibasi bo’ldi. Abduvaxidova Aziza (ilmiy raxbari Kim A.A.) 2022 yil Samarqand shahrida o’tkazilgan « Достижения фундаментальной, прикладной медицины и фармации» tibbiyot institutlari talabalari va yosh olimlar 76-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashib, I darajali diplomga munosib deb topildi. Abduvaxidova A. 2023 yil 21-22 mart kunlari Shimoliy-G'arbiy davlat tibbiyot universiteti, Sankt-Peterburg, xalqaro ishtirok bilan terapiya bo'yicha Butunrossiya olimpiadasida ishtirok etdi va «Oltin fonendoskop» nominatsiyasi bo'yicha g'olib diplomiga sazovor bo'ldi. Shuningdek, «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» 77-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, Samarqand 2023 yil 19-20 may, II darajali diplom bilan taqdirlandi.
Pediatriya fakultetining 5-kurs talabasi Adilova Shaxzoda (ilmiy rahbari S. A. Xodjaeva) talabalar va yosh olimlarning «Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari» 77-Butunrossiya ilmiy-amaliy konferentsiyasida «Ftiziatriyaning dolzarb masalalari» bo'limida ishtirok etdi, Yaroslavl shahri 2023 va faxrli III o'rinni egalladi, shuningdek, 2023-yil 19-20-may kunlari Samarqandda bo'lib o'tgan «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» 77-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida II darajali diplom bilan taqdirlandi.
Shuningdek, to’garak a’zolari ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi bilan hamkorlikda xar yili 24 mart kuni Xalqaro silga qarshi kurashish kuniga bag’ishlab o’tkazadigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etishadi.
Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi TIJ azolari tomonidan Xalqaro va Respublika OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda ilmiy ishlar natijalari nashr etib borilmokda. Oxirgi 5 yil davomida ilmiy to’garak a’zolari tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan.