×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Globallashuv jarayonida kuzatilayotgan voqea va hodisalarni tushinish, har bir jarayonni milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga hos tahlildan o’tkazish, yoshlar hayotiga tatbiq qilish zarur. Albatta bu uchun milliy g’oya va mafkuramiz mustahkam bo’lmog’i kerak. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi.

  Shuningdek juda katta etibor mamlakatimiz tomonidan yoshlarni ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20019 yil 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnol ogiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

  Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi:

  • Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
  • Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
  • Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
  • Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
  • Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

  Shu sababli bizning “Ftiziatriya” kafedramiz pedagoglari faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biri nafaqat kasbiy bilim, balki yoshlarni ta’lim-tarbiyasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni halqimiz va zamonamiz talablariga mos va hoa ravishda olib boramiz. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida universitetiniz markazini ko’rsatmasi asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchilar rejaga asosan muvofiqlashtiradi va tashkil etadi:

  Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:

  • respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  • talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  • talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  • dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish:
  • talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;

  • o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;