×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

    Samarqand davlat tibbiyot universitetining xalqaro aloqalari universitetni rivojlantirish konsepsiyasiga asoslanib, uning dunyoda xalqaro ta’lim sohasidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan. Bunday hamkorlikning asosiy afzalliklari sifatida xorijiy davlatlardan talabalar sonining ko‘payishi, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qo‘shma xalqaro loyihalar ishlab chiqilishi, xorijiy ta’lim muassasalarida dars beruvchi, tadqiqotchi va o‘qituvchilar sonining ko‘payishi, xorijiy universitetlar bilan qo'shma dasturlar va akademik mobillik sonini o`sishida o`z aksini topadi.

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, xorijiy oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ta’lim va fan sohasida xalqaro hamkorlik doirasida qabul qilingan yaqin aloqalar teng huquqlilik tamoyiliga asoslangan. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va MDH universitetlari bilan hamkorlikdagi muloqotlarni rivojlantirish qo‘shma dasturlar va ta’lim mobilligiga asoslanadi. SamDTUga hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘qish, malakasini oshirish, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish maqsadida yaqin va uzoq xorij davlatlaridan yuqori malakali mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. SamDTU butun dunyo boʻylab taʼlim va ilmiy markazlar, universitetlar va jamoat tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatishga tayyor, shuningdek, bizning eshiklarimiz barcha xorijlik abituriyentlar, talabalar, aspirantlar va shifokorlar uchun ochiq.

    Hamkorlik geografiyasi: Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi MDH davlatlarining 10 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan aloqa va hamkorlik o‘rnatgan.

    Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi O‘zbekiston va jahonning yetakchi ilmiy muassasalari: Toshkent tibbiyot akademiyasi ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi, Toshkent tibbiyot pediatriya tibbiyot instituti, Rossiya Federatsiyasi Yaroslavl, Tver va Astraxan davlat tibbiyot universitetlari shuningdek, Tojikiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik qiladi. Kafedra Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy markazi, Belarus Respublikasining “Ona va bola” ilmiy-amaliy markazi bilan ham yaqin hamkorlikda ish olib boradi.

    Kafedrada ftiziatriya va pulmonologiyaning dolzarb muammolarini hal etishda tajriba almashish maqsadida xorijiy yetakchi ftiziatr va pulmonologlar, ftiziopediatrlar, ftiziojarrohrlar ishtirokida seminarlar, xalqaro onlayn vebinarlar, davra suhbatlari muntazam tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2022-yil aprel oyida kafedrada “Latent sil infektsiyasining zamonaviy jihatlari” mavzusida vebinar tashkil etildi, unda ma’ruzachi sifatida tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl davlat tibbiyot universiteti ftiziatriya kafedrasi professori O.G. Chelnokova so`zga chiqdi. Belarus Respublikasining “Ona va bola” ilmiy-amaliy markazi ilmiy kotibi L.A. Gorbach ishtirokida “Sil va Covid-19 ning dolzarb muammolari” mavzusidagi davra suhbati 2021 yil may oyida bo'lib o'tdi.

    Biz Smolensk tibbiyot universitetining ftiziatriya va farmakologiya kafedralari bilan sil mikobakteriyasining dori-darmonlarga chidamliligining dolzarb muammolarini va uni bartaraf etish yo'llarini muhokama qildik. Tver davlat tibbiyot universitetining ftiziatriya kafedrasi xodimlari bilan akademik mobillik dasturi asosida shifokorlar va talabalar uchun "Silda o'pkadan qon ketish: asosiy sabablar va davolash usullari" mavzusida onlayn vebinar o`tkazildi. Maruzachi sifatida tibbiyot fanlari doktori, professor, ftiziatriya kafedrasi mudiri A.V. Aseev so`zga chiqdi.

    2022-2023 o‘quv yilida tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi Yaroslavl davlat tibbiyot universitetining ftiziatriya kafedrasi professori O.G. Chelnokova SamDTU rektorining buyrug‘i asosida kafedramizda dotsent lavozimida ishlagan. Shu o‘quv yilida tibbiyot fanlari doktori O.G Chelnokova davolash fakulteti va tibbiy pedagogika fakulteti 4-kurs talabalari uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar kursini o‘tkazdi.

    Hozirgi kunda ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasida xalqaro aloqalar va hamkorlikni yanada kengaytirishni rejalashtirgan.