Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari bolalarda sil kasalligi o’choqlarida kasallik profilaktikasi dasturlarini takomillashtirish xamda amaliyotga joriy qilish, sil kasalligi va COVID-19 da skrining tadbirlarini amalga oshirishning integrasiyalashgan dasturlarini ishlab chiqish xamda amaliyotga joriy qilish yo’nalishlari bo’yicha olib borilmoqda.
Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasida 1 ta – RhD, dosent xamda 1ta - t.f.n. faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 2 ta mustaqil tadqiqotchi: Kim A.A. (DSc), Adjablayeva D.N. (РhD) ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Oxirgi 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 400 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 4 ta o’quv qo’llanma, 5 ta monografiya, 10 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 300 dan ortiq ilmiy maqolalar.
Samarqand tibbiyot universiteti ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi O’zbekiston va dunyoning yetakchi ilmiy muassasalari bilan aloqalarni o’rnatgan va ular bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bular Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, Rossiya Federasiyasi Yaroslavl davlat tibbiyot universiteti, Astraxan davlat tibbiyot universiteti, Tojikiston davlat tibbiyot universiteti ftiziatriya kafedralari, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy markazi, Belorus Respublikasi “Ona va bola” ilmiy-amaliy markazi va boshqalardir.
Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasida xar yili muntazam ravishda tasdiqlangan reja asosida xorij yetakchi olimlari ishtirokida ftiziatriya sohasi bo’yicha dolzarb muammolar yechimiga bag’ishlangan xalqaro vebinarlar, davrasuxbatlari o’tkazilib kelinadi. Rossiya Federasiyasi Yaroslavl davlat tibbiyot universiteti ftiziatriya kafedrasi mudiri t.f.d., dosent Chelnokova O.G. spikerligida o’tkazilgan "Latent sil infeksiyasi dalzarb jixatlari",Belorus Respublikasi “Ona va bola” ilmiy-amaliy markazi Ilmiy kotibi t.f.n. Gorbach L.A. ishtirokida “Sil kasalliga va Covid-19 birgalikda kechishining dolzarb muammolari” mavzularidagi vebinarlar, 23.11.2022 y. Smolensk tibbiyot universiteti ftiziatriya va farmakologiya kafedralari bilan o’tkazilgan onlayn davra suxbati shular jumlasidandir.
Kafedra xodimlari Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib keladilar. Jumladan, kafedra assistenti Adjablayeva D.N. Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida 25.03.2021 y. o’tkazilgan "Инновационный подход к диагностике, лечению и диагностике туберкулеза и неспецифической патологии у взрослых и детей" xalqaro ilmiy-amaliy onlayn-konferensiyasida ishtirok etib, yosh olimlar konkursida faxrli I urinni egalladi, 06.06.2022 y. Moskva shaxrida o’tkazilgan ftiziatriyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan «RITORIKA» yosh olimlar V xalqaro Konferensiyasida II darajali diplom bilan taqdirlandi, Moskva shahrida 2023 yil 24-martda o’tkazilgan "Ftiziatriyada fundamental va amaliy tadqiqotlar: yutuqlar va istiqbollar" Butunjahon silga qarshi kurashish kuniga bag’ishlangan xalqaro yosh olimlarning XIII Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida eng yaxshi og’zaki ma’ruza tanlovida II o’rin sohibi bo’ldi. 2023 yil 29 may kuni Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurash kuni arafasida, Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Astma va allergiya: innovatsiyalardan amaliyotga” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy seminarda Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi mudiri dotsrnt Kim A.A. «Allergik kasalliklarning ratsional farmakoterapiyasining dolzarb masalalari» mavzusida ma’ruza qildi.
Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi, Samarqand shahar silga qarshi kurashish dispanseri ish faoliyatiga keng tadbiq etib kelmoqdalar. Shuningdek, Samarqand tibbiyot universiteti ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi bilan xamkorlikda xar yili 24 mart kuni Xalqaro silga qarshi kurashish kuniga bag’ishlab ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazib keladi.