1934 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutida ftiziatriya kursi tashkil etildi. 1960 yilgacha bu dotsent kursi fakultet terapiyasi kafedrasi tarkibida bo'lib, 2-3 o'qituvchidan iborat edi. Bu yillarda professor N.I.Kornetov (1930-1936), dotsent G.I.Iren (1936-1947), dotsent B.D.Davydov (1947-1950), dotsent M.P.Udalova (1950-1959), dotsent A.N.Garanyan (1959- 1972) faoliyat yuritgan.
1973 yilda professor G.I.Yushina rahbarligida Ftiziatriya kafedrasi tashkil etildi va kafedraning professor -o'qituvchilari soni 11 kishiga etdi. Bu davrda talabalar bilan qiziqarli ma'ruzalar va amaliy darslarni dotsent A.A.Sharapov, tibbiyot fanlari nomzodi K.G. G'aniev, tibbiyot fanlari nomzodi A.D.Ten, tibbiyot fanlari nomzodi I.S.Safarov, tibbiyot fanlari nomzodi A.G.Grigoryants, assistentlar R.E.Unanyan, S.B.Kirina, K.N.Raximboev, Y.A.Taxalov o`tkazdilar.
G.I.Yushina
Turli vaqtlarda kafedra mudirlari: dotsent A.A. Sharapov (1978-1992); Dotsent A.K.Uzoqov (1992-2002); Dotsent I.S.Safarov (2002-2006); S.A. Xodjaeva 2006-2022 yillarda kafedra mudiri vazifasini bajargan.
S.A.Xodjayeva
2005 yil 1 martda kafedra yana ftiziatriya kursiga aylantirildi va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi, so'ngra 1 -sonli ichki kasalliklar kafedrasiga biriktirildi.
2020 yil avgust oyidan boshlab ftiziatriya kursi mustaqil kafedraga aylantirildi.
Ftiziatriya kafedrasi Samarqand viloyat silga qarshi kurashish dispanseri bazasida joylashgan bo'lib, 2020 yilda bu dispanser Samarqand viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markaziga aylantirildi.
2021-2022 o'quv yilidan boshlab Samarqand shahar silga qarshi kurashish dispanseri sharoitida kafedraning yana bir bazasi tashkil etildi.
2022 yildan Ftiziatriya kafedrasi mudiri vazifasida PhD. Kim Antonina Amurovna faoliyat olib borayapti.
Ph.D., dots. Kim A.A
2023 yil fevral oyidan kafedra Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasiga aylantirildi.
Hozirgi vaqtda Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasida kadrlar tayyorlash PhD., dots. Kim A.A., t.f.n., v/b dots Turdibekov X.I., ass. Xodjaeva S.A.,ass. Pardaeva U. D., ass. Mamatova N.T., ass. Adjablaeva D.N. va boshqa o'qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.