×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari MDH mamlakatlari va uzoq xorijdagi yirik ilmiy markazlar bilan hamkorlikda olib boriladi. (Moskva, Ivanovo, Sankt-Peterburg, Kiev, Tel-Aviv, London, Saratov), kafedra xodimlari tomonidan yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida 7 ta doktorlik, 35 ta nomzodlik dissertatsiyalari, 22 monografiya, 2100 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar, 100 dan ortiq mualliflik va ratsionalizatorlik guvohnomalari, fan yutuqlari uchun 1985 yil Xalq xo'jaligi yutuqlari ko'rgazmasining oltin medali olingan.

  Kafedra olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar doimo ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog‘liqni saqlash talablari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, fan va texnikani rivojlantirish davlat dasturida belgilangan muammolarni hal etishga qaratilgan. “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda diagnostika, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish, oliy ta’limda zamonaviy o’qitish, interaktiv usullarni qo’llash virtual laboratoriya yaratish va o’quv amalyotiga joriy qilish” masalalari kafedra ilmiy muammo mavzularidir.

  Oxirgi 3 yil davomida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra kafedra o'qtuvchisi A.K.Bayqulov tomonidan nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Joriy yildakafedra xodimlari tomonidan 60 dan ortiq ilmiy ishlar, 40 tasi xorijda, shu jumladan Scopus dasturida 6ta maqola chop etilgan.

  Kafedra oʻz ilmiy faoliyatini Janubiy Qozogʻiston Tibbiyot Akademiyasi, Parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan tuzilgan memorandum shartnomalari asosida olib boradi. Isaev (Samarqand), SamDTU kafedralari; assistent Fayzullaeva X.B. “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda asfiksiya bilan og‘rigan bemorlarda klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlarining prognostikasi”, Sattarova X.G. “exinokkoz kasaligini serologik tashxislashni takomillashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Assistentlar, Toshmurodov D.A.“Integrativ yondashuv asosida Tibbiyot oliy ta'lim tashkilotlarida biokimyo fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish” Mamadaliyeva Z., “Tibbiyot Oliy ta'lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o'qitish metodikasini takomillashtirish” Sayidmurodova Z. “ Biokimyo fanini mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash asosida o‘qitish samaradorligini oshirish (Tibbiyot institutlari ta’lim yo‘nalishlari misolida)” kafedra assistenti Axmedov A.S. ning ilmiy tadqiqot mavzusi Parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan birgalikda olib boriladi.

  Eslatib o‘tamiz, kafedra tarixida ilk bor 2021-2022 o‘quv yilida SamDTU rahbariyatining sa’y-harakatlari bilan Belarus davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda magistratura bosqichiga tanlov e’lon qilingan (tibbiy biokimyo) Axmedov Amed Suyunovich imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, qo‘shma dastur bo‘yicha magistratura rezidenti bo‘ldi. .Qisqa vaqt ichida Ahmedov A.S.Isayev nomidagi Parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Isaeva “Sitokin holatiga qarab ingichka ichakning surunkali yalligʻlanishini tashxislash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini yoqladi.