Samarqand davlat tibbiyot universitetining Stomatologiya fakultetida navbatdagi fakultet ilmiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet dekani dotsent Alisher Astanovich rahbarligida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni ilmga yo‘naltirish, xorijiy ilmiy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida yoshlarga ta’lim berish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Xalqaro otorinolaringologiya federatsiyasi prezidenti, tibbiyot fanlari doktori, professor Desiderio Passaliga “Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori” unvoni tantanali ravishda topshirildi.
SamDTU Matbuot xizmati