×
Menu
Close Menu

​Yaponiyaning yetakchi Marubeni kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  Joriy yilning 18-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Yaponiyaning Marubeni kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Yasuaki Fudjii boschiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalarni yetkazib berish, qo‘shma ilmiy-ta’lim loyihalarini amalga oshirish, xodimlarning stajirovkasi va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

  Ma’lumot o‘rnida: Marubeni Corporation haqida Marubeni Corporation - 1858-yilda tashkil etilgan Yaponiyaning eng yirik savdo va sarmoyaviy kompaniyalaridan biri. Bosh qarorgohi Tokioda joylashgan. Kompaniya Yaponiyaning eng yirik sogo shosha - ko‘p tarmoqli savdo uylari qatoriga kiradi.

  Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • Energetika va infratuzilma Mashinasozlik va transport Kimyo sanoati Agrobiznes va oziq-ovqat sanoati Sog‘liqni saqlash va tibbiy texnologiyalar Moliyaviy va investitsiya xizmatlari;

  O‘zbekistondagi faoliyati:

  • Marubeni O‘zbekiston bilan energetika, transport sohalarida faol hamkorlik qilmoqda, shuningdek, tibbiyot va ta’lim sohasidagi loyihalarga qiziqish bildirmoqda. Kompaniya oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, yuqori texnologiyali uskunalarni joriy etish va tajriba almashish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor.

SamDTU Matbuot xizmati