×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Biologik kimyo" kafedrasida "Yosh bioximiklar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi tashkil etilgan bo’lib, ushbu to’garakda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha yig'ilishlar o’tkaziladi. Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida qator yig’ilishlarini o'tkazish orqali togarak faoliyati amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun biologik kimyo faning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning biokimyoviy asoslari, laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Odam organizmidagi barcha fiziologik va patologik holatlarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarga va molekulyar darajadagi laboratoriya mashg’ulotlariga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirilib boriladi hamda ular bilan hamkorlikda ishlashni talab etadi.

  To’garakning yillik ish rejasi tasdiqlangan bo’lib, ushbu ish reja asosida oyiga ikki marotaba rejada ko’rsatilgan loyiha bo’yicha to’garak mashg’ulotlari o’tkaziladi. Unga mashg’ulot qatnashchilariga laboratoriya mashg’ulotlarining o’tkazilishi bo’yicha qator ko’nikmalar berib boriladi.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Sattarova Xulkar G’ayratovna, kafedraning mustaqil tadqiqotchisi, shuningdek 50 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi bo’lib to’garak a’zolariga laboratoriyada ishlash qoidalarini o’rgatish barobarida ilmiy maqolalar yozish, chop etishga tayyorlash, konferensiyalarda ishtirok etish bo’yicha malaka va ko’nikmalar berib bormoqda.

  “Yosh bioximiklar” to’garagi a’zolari asosan tibbiy biologiya fakultetining talabalari bo’lib, ular qator olimpialarda, tanlovlarda va konferensiyalarda qatnashib kelishmoqda. Jumladan to’garakning a’zosi, kasbiy ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi Mallaxadjaev Anvarxon ilmiy rahbari dotsent Xalikov Qaxxor Mirzaevich bilan birgalikda, 10 dan ortiq ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, TTA tomonidan tashkil etiladigan "Avitsenna" xalqaro olimpiadasining 2-darajali diplom sohibi, SamDTU tomonidan tashkil etilgan “Samarqand-2020” xalqaro olimpiadasining 1-o’rin sohibi. Universitetimizda har yili tashkil etiladigan Talabalarxalqaro 75, 76konferensiyasining qatnashchisi va g’olibi.

  “Yosh bioximiklar” to’garagining a’zosi, davolash fakultetining 3-kurs talabasi Fazliddinov Janobiddin, 20 dan ortiq ilmiy maqolaning muallifi va ham muallifi, 8 ta diplom, 10 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "rektorlik stipendiyasi" sohibi. Yana bir a’zo talaba – Pediatriya fakultetining 3 bosqich talabasi Majidov Xurshid, 2022 yil 25 martda Qozog’istonda o’tkazilgan olimpiadada ishtirok etib, 2 o’rinni qo’lga kiritdi.

  To’garak a’zolarining har biri Biologik kimyo kafedrasining o’qituvchi-professorlariga biriktirilgan bo’lib, rahbarlari bilan birgalikda ko’plab maqola va tezislarni chop etib kelmoqda. Masalan farmatsiya fakultetining 3 bosqich talabasi Shukurova M. ilmiy rahbari Boykulov Azim kenjaevich bilan gerpesga dori vositalarining ta’siri ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va shu to’g’risida “Gerpessni davolashda turli dori vositalaridan foydalanish farmokinetikasi” nomli tezisi bilan Buxoroda tashkil etilgan “Biokimyo- kecha, bugun va ertaga” konferensiyasida faol qatnashdi.