×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  1930 yil Samarqand tibbiyot instituti qoshida "umumiy kimyo" kafedrasi tashkil qilingan. Kafedraga 1933 yilga qadar kimyo fanlari doktori, professor N.L.Merkulovich mudirlik qilgan. Bu davrda kafedra xodimlari tomonidan 18 ta ilmiy ish, 1 ta monografiya chop etilgan, hamda 1 ta fan nomzodligi dissertatsiyasi yoqlangan

    1933-1936 yillarda esa kafedrani professor L. N. Parfentyev boshqargan

  1938 yildan boshlab kafedra nomi o`zgarib u "anorganik kimyo" kafedrasi deb atala boshlandi va uni 1946 yilgacha dotsent A.A.Shamshurin boshqargan. Bu yillar mobaynida kafedra xodimlari anorganik kimyoning turli yo'nalishlarida ilmiy-izlanishlar olib borgan va ular tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan.1946-1964 yillari kafedraga dots. S.F.Babak mudirlik qilgan. Uning rahbarligida kafedrada "Alkalloidlarning kompleks birikmalari pirimidin hosilalari" mavzusida ilmiy-tekshirish ishlari olib borilgan.

  Biorimyo kafedrasi ham 1930 yilda tashkil topgan bo'lib, ushbu kafedrani 1931 yildan to 1961 yilgacha professor L.N.Lapin boshqargan. Ushbu davrda kafedra xodimlari tomonidan sul'fanilamid preparatlari, C vitamini, xolesterin, xlor tuzlari, qonda atseton tanachalarini aniqlashning zamonaviy mikrometodlari ishlab chiqilgan.

  1964 yilda umumiy kimyo kafedrasi bilan biologik kimyo kafedrasi birlashtiriladi va unga dots. I.G.Priyev rahbarlik qildi.

  Bu davr ichida kafedraning organik kimyo bilan shug'ullanuvchi a'zolari karbazidning yangi sintez usulini ishlab chiqdilar va mikroelementlarning biologik ahamiyatini tadqiq qiladilar. Natijada sog'liqni saqlash amaliyoti uchun muhim ahamiyatga molik bo'lgan yangi xulosalar olindi.

  1977 yil dekabr oyida kafedra Bioanorganik va fizikoviy kimyo, hamda Bioorganik va biologik kimyo kafedralariga bo'lindi. Bioanorganik va fizikaviy kimyo kafedrasiga dots. Q.A.Asqarov rahbarlik qila boshladi. Bu yillar kafedrada ilmiy izlanishlarga e'tibor yanada oshdi. Buning samarasi o'laroq kafedrada 4 ta doktorlik (Q.A.Asqarov, D.M.Ivniskiy, M.D.Davronov, B.S.Mirzayev) va 12 ta nomzodlik (S.T.Rashidova, I.M.Muratov, R.T.Toshmatova, Z.Yu.Yunusova, K.I.Iskandarov, M.F.Yulayev, R.A.Dmitrieva, D.Daniyarov, N.Tangiyarikov va b.q.) tayyorlandi va himoya qilindi. Oltita monografiya, 450 dan ortiq ilmiy va o'quv – uslubiy maqolalar nashr etildi. Bu davrda kafedra a'zolari tomonidan 20 ta ilmiy kashfiyot uchun mualliflik guvohnomalari, 2 ta patent 30 ga yaqin ilmiy mulohazalar asoslanib berildi.

Asqarov Q.A.

  Bioorganik va biologik kimyo kafedrasiga esa prof. V.A.Blinov rahbarlik qildi. Ilmiy tadqiqotlar ko'lami kengaytirilib, kafedra jamoasining diqqat-e'tibori qon tomir sistemasi fiziologiyasi va patologiyasi masalalarini ilmiy asosda tadqiq etishga qaratildi. Bu ilmiy izlanishlar natijasida ko'plab ilmiy-maqolalar chop etildi, bir qancha mualliflik guvohnomlari olindi. 1-ta doktorlik va 6-ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi.

Blinov V.A.

  1994 yilning sentyabr oyida Bioanorganik, fizikaviy kimyo kafedrasi bilan Bioorganik va biologik kimyo kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Bioanorganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasini deb atala boshlandi. Kafedraga prof. Q.A.Asqarov mudirlik qilgan.

2012 yilning iyul oyidan 2017 yil avgust oyiga qadar dotsent Q. T. Sovetov kafedraga mudirlik qildi


Savetov Q.T.

  2017 yil avgust oyidan kafedra nomi o`zgarib unga "tibbiy va biologiya kimyo" kafedrasi nomi berildi va unga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Q. M. Xoliqov mudirlik qila boshladi

  2020 yil avgust oyidan "tibbiy va biologiya kimyo" kafedrasi ikki alohida kafedraga bo`linib" tibbiy kimyo" va "biologik kimyo" nomi berildi va "Biologiya kimyo" kafedrasiga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Q. M. Xoliqov mudirlik qila boshladi.

  Dotsent Q. M. Xoliqov yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, universitetda joriy qilingan kredit-modul o'qitish tizimi bo'yicha barcha fakultet ikkinchi kurs talabalariga ma'ruzalarni zamonaviy yangi innovatsion texnologiyalar asosida o'qib kelmoqda.