×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

 Samarqand Davlat tibbiyot universiteti hozirgi kunda o’zining internatsionalistik vazifalari ko’lamida juda ko’plab ishlarni olib bormoqda. Xususan, Internatsionalistik vazifalar insitut rivojlanishi konsepsiyasiga asoslanib xalqaro ta’limda o’z o’rnini mustaxkamlashga yo’naltirilgan.Bu vazifalar asosida chet ellik talablar sonini oshirish, boshqa chet el oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qo’shma loyihalarni rivojlantirish shu o’rinda chet ellik o’qituvchilar sonini ham oshirish, ikkita diplomlik oliy o’quv yurtlari bilan qo’shma dasturlarni ishlab chiqish, bakalavriat va magistratura ordinaturada ta’lim olayotgan talabalarga stajirovka uchun chet el oliy o’quv yurtlari bilan aloqani kuchaytirish kabi bir qator dasturlarni o’z ichiga oladi.

  Hozirgi kunda universitet kesimidagi chet el bilan aloqani mustahkamlashga qaratilgan ko’pgina loyihalarda biologiк kimyo kafedrasi ham faol qatnashib kelmoqda.Xususan, Yevropa, Osiyo, MDH davlatlari universitetlari bilan birgalikda tenglik huquqi asosida qoshma dasturlar va akademik mobillik guruhlari tashkil etilgan va o’z faoliyatini olib bormoqda.

  Kafedramiz tarixi davomida juda ko’plab xorij oliygohlar bilan xalqaro aloqalarni olib borgan.Xususan. Rossiya federatsiyasidagi qator oliygohlar, ilmiy markazlar, Qozog’istondagi nufuzli oliygohlar, Yevropa mamlakatlari Angliyadagi oliygohlar va boshqalar.

  Har yili universitet kesimida ko’plab fan olimpiyadalari ilmiy anjumanlar mahorot darslari turli fakultetlar hamkorligida tashkil etilmoqda.Xususan 2021-2022 o’quv yilida dekabr oyida “Samarqand -2022'' xalqaro olimpiyadasi o'tkazildi va bunda univerisitet jamosi bilan birgalikda kafedra xodimlari ham qatnashdi.Xalqaro olimpiyadaning labaratoriyaga oid savoli aynan kafedra o’qituvchilari tomonidan baholandi. Quyida olimpiyadadan foto lavhalar joylangan.

  Bundan tashqari Xalqaro vebinar va akademik mobillik tashkil etilgan.Xalqaro universitet o’qituvchilari tomonidan talabalarga va kafedra o’qituvchilariga darslar tashkil etilgan.Bu Boshqa xalqaro oliy o’quv yurtlari bilan aloqani yanada oshirishga yordam beradi.Xalqaro vebinar San-Peterburg agrar universiteti professor o’qituvchisi S.V.Turitsin ishtirokida bir necha marotaba vebinar tashkil etildi. Bundan tashqari San-Peterburg pediateriya va boshqa bir nechta oliygohlarga kafedra mudiri boshchiligidagi guruh borib hamkorlik ko’lamini yanada oshirib qaytishdi.Qolaversa Ijevsk, Qozog’iston Chimkent Tibbiyot universitetlari bilan ham hozirda aloqalar yo’lga qo’yilgan.Kelajakda bu xalaro aloqalarni yanada oshirish uchun hozirdan harakat qilinmoqda.

  Kafedrada chet ellik talabalarga ham ingiliz va rus tillarida biologir kimyo darslari o’tiladi.Pokiston, Hindiston, Janubiy Korea, Qozog’iston, Turkmaniston talabalari kelib taxsil olmoqda. Kafedradagi professor o’qituvchilar ularga ingiliz tilida dars mashg’ulotlarini olib bormoqda.Albatta, bu qilinayotgan ishlarning hammasi chet ellik yana boshqa yoshlarni universitetga jalb qilishga qaratilgan.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

• Evropa mamlakatlaridagi hamkasblar:

• San-perterburg pediateriya insituti

I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-g’arbiy tibbiyot universiteti

• Qozog’iston Davlat Tibbiyot universiteti