Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi M.G‘.Olitiboyeva muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kafedra xodimlari tomonidan umumxalq bayramlarida universitet jamoasi bilan, talabalar turar joyida talaba yoshlar bilan, ma’naviyat soatlarida kafedraning ma’ruza zallarida talaba yoshlar bilan olib birgalikda muntazam olib boriladi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida ish olib boradi:
- Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
- talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
- o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;