×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

    Toshkent Farmatsevtika institutining 85-yilligiga bagʼishlab oʼtkazilgan «Farmatsevtika soxasining bugungi xolati: muammolar va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaga Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi mudiri qatnashishdi. 

    Unda Rossiya, АKSh, Xindiston, Turkiya, Kozog’iston va boshqa koʼpgina davlatlarning taniqli mutaxassislari ishtirok etdilar. 

    Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi 2022-yildan tashkil qilinganbo’lib kafedrada bugungi kunda 8 ta assistant o’qituvchi hodimlar ishlamoqda.Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar xodim tibbiyot fanlari bo’yicha PhD ilmiy darajasini olgan, 3 nafar xodim mustaqil izlanuvchi sifatida o’zlarining ilmiy faoliyatini olib bormoqda.

    Kafedra xodimlari ilmiy ishlarni kelishib tasdiqlangan reja asosida olib boradi. Bugungi kunga qadar kafedra xodimlari tomonidan Xalqaro ilmiy jurnallarda 17 ta, Respublika ilmiy jurnalida 36 ta, Yuqori impakt faktorli jurnallarda 8 ta maqolalar chop qilingan. Bundan tashqari 4 ta axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar mavjud.