Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

    Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

    60 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda halqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

    Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTI-ga tashrif buyuradigan chet eldagi eqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
SamDTI butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

    2022-yilning 16-17-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining III-Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

    Xalqaro talabalar Olimpiadasida Polsha, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Turkiya va Ozarbayjon davlatlari 76 ta oliy tibbiyot oʻquv yurtlarini 120 ortiq professor-oʻqituvchilari rahbarligida 300 ga yaqin talaba-yoshlar offlayn, 3000 ziyod onlayn tarzda ishtirok etdilar.

    Shuningdek Xalqaro olimpiada doirasida turli davra suxbatlari, turli akademik mobillik doirasida ma’ruzalar bo’lib o’tdi. Shu jumladan, Mоrfalogiya binosi 8-auditoriyada Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi xodimlari bilan hamkorlikda Boshkiriya Davlat tibbiyot instituti, Farmokologiya va klinik farmakalogiya kafedrasi mudiri professor Samorodov Aleksandr Vladimirovich "Pnevmoniyaning ratsional farmakoterapiyasi" mavzusida maruza o’qidi.

    Ma’ruzada Farmatsiya fakulteti 5 kurs talabalari qatnashishdi. Ma’ruza qiziqarli savol-javoblar doirasida bo’lib, ikkala kafedra o’rtasida kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida kelishib olindi.

    Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida Rassiya Federatsiyasi Saratov Davlat tibbiyot Instituti professori Irina Gennadevna Novokreshenova faoliyat ko’rsatmoqda.

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakultetining farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi, hamda Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumi o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilib, o’quv jarayonida integraysiya amaliyoti keng qo’llanilmoqda. Farmatsevtika ishini tashkil qilish qilish kafedrasi, o’qituvchilari Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligitexnikumi Farmatsiyayo’nalishiga qarashlinamunaviy dasturlarga moskelganholda amaliyotdarslariuchunzarur bo’lganishchio’quvdaftarlarinitayyorlabberishdi.

    Shuningdek, yaqinda o’tkazilgan amaliy dars hamkorligida, farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi o’qituvchilari, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda “Kukunlar va ularni tayyorlash” mavzusida mahorat darsi o’tib berishdi. Amaliy dars qiziqrli savol javoblar bilan o’tdi. Kelajakda Universitet o’qituvchilariva texnikum o’qituvchilarihamkorligidao’quvuslubiyqo’lllanmalarniyaratishrejalashtirildi.

    Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi xodimlari bilan hamkorlikda 2023-yil 2-martda Rossiya Federatsiyasi, Bashkiriya davlat tibbiyot universiteti professori farmokologiya va klinik farmakologiya kursi kafedra mudiri Samorodov Aleksandr Vladimirovich tomonidan “Pnevmoniya kasalligida antibiotikka sezgirligining zamonaviy qarashlari” mavzusida onlayn vebinar o’tkazildi.