Qurbonov Nizom Azizovich
DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi mudiri, PhD.
Qabul vaqti: | Dushanba, Shanba soat 8:30-17:00 |
Tel: | +998 90 195 07 18 |
E-mail: | nizomkurbonov@mail.ru |
Manzil: | Samarqand shaxar, A’zam ko’chasi, 18. |
KAFEDRA XODIMLARI
Narzullaev Sanat Inoyatovich T.f.n., dotsent
Telefon raqami: | +998 (98) 273 92 02 |
Dars o‘tadigan fani: | Xirurgiya |
Dars o‘tadigan kurslari: | vrach-tinglovchilar |
Dars o‘tadigan kontingent: | Viloyatlar xirurglari |
Mizamov Furkat Ochilovich
Telefon raqami: | +998 (91) 530 98 92 |
Dars o‘tadigan fani: | Xirurgiya |
Dars o‘tadigan kurslari: | vrach-tinglovchilar |
Dars o‘tadigan kontingent: | Viloyatlar xirurglari |
Achilov Mirzarakim Temirovich t.f.n., dotsent
Telefon raqami: |
+998 (97) 910-27-27 |
Dars o‘tadigan fani: | Xirurgiya |
Dars o‘tadigan kurslari: | 1-2 kurs klinik ordinatorlar |
Dars o‘tadigan kontingent: | xirurgiya fani bo‘yicha klinik ordinatorlar |
Shonazarov Iskandar Shonazarovich
Telefon raqami: |
+998 (91) 540-33-30 |
Dars o‘tadigan fani: | Xirurgiya |
Dars o‘tadigan kurslari: | vrach-tinglovchilar |
Dars o‘tadigan kontingent: | xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar |
Axmedov Raxmatillo Furkatovich
Telefon raqami: |
+998 (90) 657-68-68 |
Dars o‘tadigan fani: | Xirurgiya |
Dars o‘tadigan kurslari: | vrach-tinglovchilar |
Dars o‘tadigan kontingent: | xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar |
Elmurodov Golibjon Karshievich
Telefon raqami: |
+998 (91) 530-03-67 |
Dars o‘tadigan fani: | Xirurgiya |
Dars o‘tadigan kurslari: | vrach-tinglovchilar |
Dars o‘tadigan kontingent: | xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar |
Abduraxmonov Farxod Raxmonovich Ph.D
Telefon raqami: |
+998 (97) 288 37 75 |
Dars o‘tadigan fani: | Urologiya |
Dars o‘tadigan kurslari: | vrach-tinglovchilar |
Dars o‘tadigan kontingent: | xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar |
Yusupova Zumrad Qadamboevna
Telefon raqami: | +998 (91) 916 09 16 |
Dars o‘tadigan fani: | Anesteziologiya-reanimatologiya |
Dars o‘tadigan kurslari: | vrach-tinglovchilar |
Dars o‘tadigan kontingent: | xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar |
KAFEDRA TARIXI
Samarqand Davlat tibbiyot instituti DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-ta reanimatologiyakafedrasi 1983 yilda tashkil topgan. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri o‘sha paytlarda Viloyat bosh xirurgi t.f.n., dotsent A.I. Sidorenko bo‘lgan (1983-1988).
Sidorinko A. I. Dotsent
1988 yildan kafedraga professor S.A.Abdullaev mudirlik lavozimiga saylangan.
1993-95 yillari kafedra kursga aylantirilgan, va 1995 yili yana kafedraga aylantirilgan.
O‘sha vaqtlari kafedra Samarkand shahar 1-son shahar klinik shifoxonasining xirurgiya bo‘limi bazasida joylashgan bo‘lgan. Undan so‘ng kafedra bir qancha davrga Samarkand tuman markaziy shifoxonasining xirurgiya bo‘limi bazasiga ko‘chirilgan.
1997 yili kafedra 1-son shahar shifoxonasidan 1-son Viloyat birlashgan shifoxonasining xirurgiya bo‘limi bazasiga ko‘chirilgan. 2000 yili kafedra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali bazasiga ko‘chirildi.Abdullayev S.A. Professor
2004-2005 o‘quv yilining boshidan kafedraga t.f.d., professor J.A. Axtamov saylandi. U kishi bir vaqtning o‘zida RShTYoIM Samarqand filialining direktori lavozimida ham ishlar edi.
Professor J. A. Axtamov 1996 yilda Respublikada birinchilardan bo‘lib Samarqand shahar №1 klinik shifoxona bazasida ko‘pfunksional endoskopik xirurgiya markaziga asos soldi va ushbu bo‘limning mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu bo‘limga 2002 yildan boshlab Viloyat endoxirurgiya markazi statusi berilgan.
J. A. Axtamov Professor
J.A. Axtamov Respublikada birinchilar qatorda xirurgik amaliyotga qorin bo‘shlig‘i a’zolari kichik chanoq va siydik yo‘llarida endoskopik operatsiyalarni qo‘llash usullarinikiritgan.
1996 yilda u kishi «Ibn Sino» tibbiyot texnologiyalariga ko‘maklashish Fondini asoslagan va shu jamg‘arma orqali uzluksiz nashr etilib kelinayotgan kelinayotgan «Umumiy amaliyot do‘xtiri axborotnomasi» ilmiy – amaliy jurnaliga ta’sischilik qilgan. Ushbu jurnalning bosh muharriri muovini vazifasini jamoatchilik asosida bajarib kelgan. Shu bilan birgalikda «O‘zbekistok xirurgiyasi» jurnalini ma’sul kotibi sifatida ham o‘z hissasini qo‘shgan. Professor J.A. Axtamov Samarqand va Respublikamizda endoskopik xirurgiyani rivojlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. U kishining rahbarligida RShTYoIM Samarqand filialida amaliyotga quyidagi davolash usullari kiritilgan: qorin oldingi devori katta, gigant va operatsiyadan so‘nggi residiv churralarini davolashda polipropilen setkasi yordamida protezlash, qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolari travmasida «Damage control», og‘ir va o‘tkazib yuborilgan peritonitlarni davolashda «Rejalashtirilgan laparostoma», qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolari travmasida konservativ davolash usullaridir.
Professor J. A.Axtamov magistratura rezidentlari bilan birga (istoricheskoe foto)
2008-2009 o‘quv yilidan 2022-2023 o‘quv yiligacha dotsent Narzullaev S.I. kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
Narzullayev S.I. Dotsent
Dotsent Narzullaev S.I. 1972 yili kandidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1974 yilda «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
1984 yildan dotsent unvoni berilgan. Talabalar va yoshlar kadrlarni tarbiyalashdek muhim ishda o‘zining katta hissasini qo‘shgan ustoz hisoblanib, tibbiyotda ko‘plab yangi davolash-diagnostik usullarni kiritgan. S.I. Narzullaev o‘zining boy tajribasi va bilimini hozirgi kunda ham ayamasdan kafedraga malaka oshirishga kelayotgan barcha tinglovchilarga o‘rgatib, ularda hozirgi kun tibbiyotida yangi dunyo qarash va xirurgiyaning diagnostika va davolash borasida yangi texnologik usullarni keng qo‘llashni kabilarni o‘rgatmoqda. Mehnat faoliyati davomida Respublikamiz va xorijdagi halqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda fatkanshib kelmoqda. U kishining 200 dan ortiq ilmiy, 20 o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlari, ko‘plab ratsionalizatorlik takliflri va patenlari chop etilgan.
Halq sog‘ligini tiklash yo‘lidagi mehnatlari evaziga Samarqand Davlat institutining 90-yillik yubileyi munosabati bilan uchinchi marotaba «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Qurbonov Nizom Azizochich 2022-2023 o‘quv yilidan xozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
PhD,
Qurbonov Nizom Azizochich
Qurbonov Nizom Azizochich 2022 yili kandidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Mehnat faoliyati davomida Respublikamiz va xorijdagi halqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda fatkanshib kelmoqda. U kishining 100 dan ortiq ilmiy, 10 o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlari, ko‘plab ratsionalizatorlik takliflri va patenlari chop etilgan.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Shifokorlar jamiyatda tulaqonli barkamol etuk shaxs sifatida e’tirof etiladi. Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar DKTF xirurgiya, endoskopiya, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasining faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishlarni kafedra mudiri, PhD Qurbonov Nizom Azizovich va mas'ul o'qituvchi Elmuradov G’olibjon Karshiyevich muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar tinglovchilar bilan quyidagi ishlarni boradi:
- Haftaning har payshanba kunlari rejaga muvofiq ma’naviyat soatlari muntazam o`tkaziladi. Bundan tashqari har kuni ertalab tinglovchilar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar bilan 5 daqiqa davomida oxirgi yangiliklar, ma'naviy-ma'rifiy sohada suhbat o’tkaziladi.
- Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boriladi, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida quyidagi yunalishda ma'naviy va ma'rifiy ishlar olib borladi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida tinglovchilarga va klinik ordinator, magistratura rezidentlariga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
- tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
- o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda tinglovchilarning va klinik ordinator, magistratura rezidentlarining bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil tadbirlarda ishtirokini tashkil etish;
O’QUV-USLUBIY ISHLARI
Kafedraning asosiy vazifalaridan biri o‘quv ishlari hisoblanadi. Universitetni bitirgan har bir vrach birinchi uch yil ichida diplom orti malaka oshirishi lozim. Bu xozirgi kun talabi hisoblanadi. Kafedrada o‘quv ishlari Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan olib boriladi. Buning uchun har yili xirurgiyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan mavzular asosida o‘quv rejasi tuzilib, o‘quv jarayoni ushbu rejaga asosan olib boriladi.
Kafedra xodimlarining tarkibi: kafedra mudiri, t.f.n., 2 dotsent, t.f.n., 4 assistent, t.f.n., va 2 assistentlardan iborat. Dars jarayonini hozirgi kun talabi asosida olib borish uchun kafedra va kafedra joylashgan bazada barcha sharoitlar yetarli darajada. O‘quv xonalari hozirgi zamon o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. Kafedra xodimlarining asosiy vazifalaridan biri – o‘quv jarayonida hozirgi zamon o‘quv texnologiyalarini qo‘llashdir. Asosiy maqsad esa – har bir tinglovchining har bir mavzu bo‘yicha bilim darajasini oshirish, hozirgi kun davolash-diagnostik texnologiyalarga chuqur amaliy yondashuvni o‘rgatishdan iborat.
Hozirgi kunda har yili kafedra xodimlari tomonidan qo‘shni viloyatlarda Sayyor davrlar tashkil etilib, tibbiyotning oxirgi erishgan yutuqlari amaliyotga tadbiq etish borasida mahalliy halqga amaliy yordam berishmoqda (Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm va Jizzax). Ushbu davrlarni o‘tkazish davomida boshqa mutaxassislar bilan birgalikda tibbiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan amaliy seminarlar ham o‘tkazilmoqda.ILMIY TADQIQOT ISHLARI
2023 yilda kafedrada jami 9 xodim faoliyat yuritishdi. Xodimlardan 7 kishi tibbiyot fanlari nomzodi; 2 ta ilmiy darajaga ega bo‘lmaganlar. Kafedra ilmiy saloxiyati 77.7%.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – kuyish kasalligini davolash, hamda ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i a’zolari qo‘shma jarohatini davolashga bag‘ishlangan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2022-2023 o‘quv yilida 3ta nomzodlik dissertatsiyasi ximoya qilindi. 45 ta (5 ta uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanoma, 4 ta guvoxnoma, 2 ta ratsionalizatorlik taklifi, 20 ta makola va 14 ta tezis) ilmiy ish chop etilgan. Chop etilgan ishlardan Scopus va Web of Science – 5 ta makola, 6 ta makola va 7 tezislar xorij va MDX nashrlarida, 4 maqola va 12 ta tezislar respublika nashrlarda chop etilgan.
Kafedra xodimlari yil davomida 3 ta xalkaro ilmiy anjumanlarga katnashib sertifikatlar bilan takdirlanganlar.
Kafedrada klinik ordinator va magistr rezidentlari ishadilar. Klinik ordinator va magistr rezidentlari kafedraning ilmiy yunalishiga mos ravishda ilmiy tadkikot ishlari bilan shugullanishadilar.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan materiallarning iqtiboslik darajasi va Xersh indeksi kafedra barcha xodimlarida aniklandi.ILMIY TUGARAK
"Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh ma'naviyatchilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Suyunova Kamilla Bahramovna, bugungi kunda u asosiy doktorant, shuningdek 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.
Kichik kurs sardori: F. Olimjonova, tibbiy-pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi, 30 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Biz korruptsiyaga qarshimiz" tanlovining 1-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.
Katta kurs sardori: Valieva S., Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi, 42 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 15 ta diplom, 20 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "rektorlik stipendiyasi" va "Islom Karimov" stipendiyalari laureati.
XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.
60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda xalqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.
Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan cheteldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.
Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:
- MDX mamlakatlaridagi hamkasblar:
- FGBOU PIMU