Kadirov Jonibek Fayzullaevich
"Yuqumli kasalliklar" kursi rahbari,
Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 09:00-15:00 |
Tel: |
+998 (90) 901 57 97 |
E-mail: | jonibek1984@mail.ru |
Manzil: |
Samarqand shahri., Dagbitskaya
ko'chasi., uy 97.
|
KAFEDRA XODIMLARI
Olanov Absamat Abduraimovich
Dars o’tadigan fani: |
Yuqumli kasalliklar
|
Tel: | +998 (90) 655 27 52 |
Dars o’tadigan kurslari: |
Samibaeva Umida Xurshidovna
Dars o’tadigan fani: | Yuqumli kasalliklar
|
Tel: | +998 (90) 270 56 86 |
Dars o’tadigan kurslari: |
KAFEDRA TARIXI
Alisov A.A
Yuqumli kasalliklar kafedrasi 1933 yil Samarkand tibbiyot instituti qoshida tashkil kilingan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Alisov A. A. ushbu kafedrani 1933-1938 yillarda boshkargan. Bu davrda kafedra xodimlari tomonidan 14 ta ilmiy ish, 1 ta monografiya chop etilgan, xamda 1 ta fan nomzodligi yoklangan. Usha yillarda I. P. Blank, I. A. Kusaev, M. N. Vindman, M. M. Bundje tomonidan yuqumli kasalliklar mavzusida ilmiy tadkikot ishlari olib borildi. I. P. Blank 1932-1935 yillar davomida «Ich terlatmaning uziga xos kechish xususiyatlari» mavzusini yoritib berdi. 1938 yildan 1949 yilgacha «Yuqumli kasalliklar» kafedrasida dotsent Kusaev I. A. mudirlik kildi. Bu davrda xodimlar tomonidan 20 ta ilmiy ish yozilib, 2 ta tibbiyot fanlari nomzodligi yoklandi. Ushbu yillar davomida kafedra xodimlari «Korin tifining davosi va bugma kasalligining kechish xususiyatlarini» chukur va mukammal urganishdi.
Ragoza N.I
Ikkinchi jaxon urushi vaktiga kelib, Lelingradda joylashgan Xarbiy tibbiyot Akademiyasi buyruk asosida Samarkand shaxriga evakuatsiya kilindi. Akademiyada faoliyat yurituvchi mutaxassis Ragoza Nikolay Ivanovich shu munosabat bilan Samarkand yuqumli kasalliklar kafedrasida mexnat faoliyatini davom ettirdi. Ragoza N.I. infeksionist mutaxassis sifatida epidemik uchoklarda korin tifi buyicha ishlarni olib bordi. Natijada 2 tomdan tashkil topgan «Korin tifi» tuplamini ishlab chikardi. Ragoza N.I. ning kupgina makola, ma’ruza va tuplamlari dizenteriya va brusellezga bagishlangan. Ragoza N.I. turli xil soxalarda terapevt-infeksionist va pedagog sifatida faoliyat yuritgan katta tajribaga ega mutaxassis xisoblanadi.
Musabaev I.K
1949-1951 yillar davomida kafedrani Uzbekiston Respublikasi FA si, Rossiya FA si muxbir a’zosi, Uzbekiston Respublikasi va Korakolpogiston avtonom Respublikasida xizmat kursatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor I. K. Musabaev boshkargan. U kishining 400 ga yakin ilmiy nashr kilindi. 17 ta doktorlik xamda 85 ta nomzodlik ishlariga raxbarlik kilgan. Bu davrda kafedrada N. P. Grishko, M. N. Vidman, X. Z. Zokirov, F. L. Bekmatova kabi olimlar faoliyat yuritib, «Tif-paratif kasalligi paytida jigar faoliyatining buzilishi» muammosini urgandilar.
Toshpulatov A.A
Kafedraga 1953 yildan 1957 yilgacha F. A. Dyakovskiy mudirlik kildi. 1959 yildan 1960 yilgacha kafedrani P. A. Alekseev boshkardi. 1961-1985 yillar davomida kafedraga professor Toshpo‘latov Abdurahim Azizovich mudirlik lavozimida faoliyat yuritdi. Toshpo‘latov Abdurahim Azizovich SSSRning "Faxriy nishoni" ordeni, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining diplomlari, "Mehnat faxriysi" medallari, hukumatning faxriy nishonlari bilan taqdirlangan. Toshpulatov A.A. rahbarligida bu davrda kafedra xodimlari Respublikamizning turli mintaqalarida keng ko‘lamli pedagogik, tibbiy va konsalting ishlarini olib bordilar. «Ichburug kasalligining patogenezi, klinikasi, davolash va epidemiologiyasi xamda boshka parazitar invaziyalar bilan asoratlanishi» masalalari bilan shugullandilar. Toshpo‘latov A.A. boshchiligidagi ilmiy-tadqiqot ishlari parazitar invaziyalar murakkab bo‘lgan davrda dizenteriya kasalligi epidemiologiyasi, patogenezi, davolash masalalari bilan bog‘liq edi. Bu kasallik 60-80-yillarda juda muhim edi. Klinitsistlar orasida birinchilardan bo‘lib A.A.Toshpo‘latov jiardiyazning klinik shakllari tasnifini ishlab chiqdi, gepatobiliar tizim va ichak lyambliyalari klinik ko‘rinishini tahlil qildi, lyambliyalar shartli ravishda patogen ichak paraziti ekanligini aniqladi. Toshpo‘latov A.A.ning ilmiy ishlarida, bugungi kunda nafaqat yuqumli kasalliklar mutaxassisi balki boshqa mutaxassislik shifokorlari uchun ham sog‘liqni saqlashda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jiardiaz invaziyasining ahamiyati ko‘rsatib berildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari 3 ta doktorlik, 7 ta dissertatsiya va 2 ta monografiyani himoya qilish uchun asos bo‘ldi. A. A. Toshpo‘latov rahbarligida 181 ta ilmiy ish chop etildi, 2ta monografiya yozildi hamda 4 ta fan nomzodligi yoqlandi.
Burxonov E.S
1974 yilda esa 2-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida aloxida bolalar yuqumli kasalliklari kursi tashkil kilinib, kurs mudiri kilib, dotsent E. S. Burxonov tayinlandi. Bu kurs tarkibida S. X. Abdullaev, A. X. Tursunov, L. Sh. Mukumov, U. O. Ochilov, G. X. Alimova, S. A. Axmedova, R. M. Rasulov, S. U. Umarova, M. Z. Xasanova, A. O. Orzikulovlar ishladilar.
Vafokulov S.X
1980 yilda kurs kafedraga aylantirilib, tibbiyot fanlari doktori S. X. Vafokulov mudir kilib tayinlandi. Kafedra xodimlari «Ichak yuqumli kasalliklari, virusli gepatitlar va utkir isitma bilan kechadigan kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisini urganish» buyicha ilmiy izlanishlar olib bormokdalar. 1986 yil professor S. X. Vafokulov Jaxon Soglikni saklash tashkilotining «Utkir diareya» kasalliklarini urganish guruxi raxbari Maykl Merson bilan birgalikda Respublikada ilk marotaba amaliyotga «Oral regidratatsiya» usulini tatbik kilishdi. Xozirgi kunda bu usul Respublikamizning barcha shifoxonalarida dasturamal sifatida kullanilib kelinmokda. Respublika mikyosida birinchi marotaba «Bolalar orasida ichak iersiniozi kasalligi», «Rotavirusli infeksiya», «Kampilobakterioz kasalligi» tashxisini tashkil kilish yulga kuyildi. 1980 yildan beri amaliyotga 400 dan ziyod ilmiy ishlar, 70 dan ortik ukuv uslubiy tavsiyanomalar tatbik kilingan. 1 ta fan doktori 4 ta fan nomzodi tayyorlangan. 1988 yil Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash Vazirligi buyrugiga asosan yuqumli kasalliklar kafedrasi va yuqumli kasalliklar shifoxonasi birlashtirilib, «Yuqumli kasalliklar ukuv ilmiy davolash birlashmasi» tashkil etildi. 1997 yilning sentabridan yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi, bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi birlashtirilib, « Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya» kafedrasi deb yuritila boshlandi. Kafedra mudiri professor S. X. Vafokulov raxbarligida 2 ta nomzodlik ishi ximoyaga tayyorlanmokda. 2002 - 2007 yilar xalkaro tashkilotlar bilan xamkorlikda «Uzbekistonda isitma bilan kechadigan kasalliklarni zamonoviy tekshirish usullari va ularni takomillashtirish» masalasi yuzasidan ilmiy-tadkikot ishlari olib borildi. Professor S. X. Vafokulov 1988 yildan Samarkand viloyati infeksionistlar jamiyatini boshkarib kelmokda. S. X. Vafokulovning bevosita yordami bilan Samarkand shaxrida «Yuqumli kasaliklarning oldini olish va urganish» muassasalarida Xalkaro anjumanlar, konferensiyalar utkazildi. Unda Amerika, Chexiya, Polsha, Misr, Slovakiya, Rossiya olimlari katnashdilar. Professor S. X. Vafokulov AKSh ning Atlanta shaxrida, Koxirada, Moskva, Sankt – Peterburg, Nijniy – Novgorod, Kiev, Riga, Tbilisi, Alma – Ata, Bishkek shaxarlarda bulib utgan xalkaro simpoziumida katnashgan va ma’ruza kilgan.
Yarmuxamedova M.K
2012-2014 SamTI “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatoveerologiya” kafedrasi mudiri vazifasida Yarmuxammedova Maxbuba Kudratovna tayinlangan. 1985 yildan SamMI “Bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasiga konkursdan utib ishga qabul qilingan. 1993 yil iyun oyida «Yuqumli kasalliklar» mutaxassisligi bo‘yicha ,,Znachenie irridodiagnosiki pri virusnыx gepatitax A i V” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Umumiy ish staji 39 yil, Samarqand Davlat tibbiyot institutida ilmiy pedagogik ish staji – 35 yilni tashkil kiladi. 2000-2012 yillar “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatovenerologiya” kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunga qadar 4 ta magistrlik ishiga rahbarlik kilgan. Yarmuxamedova M.K. “Yuqumli kasalliklar” bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liq xolda ilmiy izlanishlar olib boradi. Shu kunga qadar 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir, jumladan 45 ta o‘quv qo‘llanma, 72 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratgan. Dotsent M.K.Yarmuxamedova yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, institutda joriy qilingan kredit-modul o‘qitish tizimi bo‘yicha Pediatriya va Davolash fakultetlari beshinchi va oltinchi kurs talabalariga ma’ruzalarni zamonaviy yangi innovatsion texnologiyalar asosida o‘qib kelmoqda. Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga dotsent M.K.Yarmuxamedova bemorlarga konsultativ yerdam o‘tkazmoqda. U institut va kafedra ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha umum jamoa ishlarida faol qatnashib kelmokda. Institut talabalari, bemorlarning ota-onalari va mahalla aholisi orasida dotsent M.K.Yarmuxamedova ma’naviy- targ‘ibot ishlarni faol va muntazam ravishda olib borayapti.
2013 yil kafedra tarkibiga dermatovenerologiya kafedrasi biriktirildi. Kafedra nomi «Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya” deb o‘zgartirildi.
2013 yildan boshlab hozirgi kungacha kafedra mudiri bo‘lib dos. Yarmuxammedova N.A. hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etildi, shulardan 43 tasi chet el jurnallarida nashr etilgan. Dos.
Yarmuxammedova N.A. Moskva, Sankt-Peterburg, Ostona, Istanbul, Bukovinada bo‘lib o‘tgan xalqaro simpoziumlar va konferensiyalarda ishtirok etdi.
2020 yilda kafedra tarkibidagi “Epidemiologiya” va “Dermatovenerologiya kafedrasi ajralib chiqib, kafedra nomi “Yuqumli kasalliklar” kafedrasiga aylandi.
KAFEDRA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
Asosiy maqsadimiz yuqori malakali shifokor tayyorlash bilan birga, manaviy-marifiy shakllangan etuk muttaxasis tayorlashdan iborat. Kursda ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Oslanov A.A. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. Ushbu ishga mas'ul o'qituvchi Oslanov A.A. kursda professor-o'qituvchilar va talabalar o'rtasida tarbiyaviy ishni yuqori saviyada utkazilishini ta`minlaydi. Kafedradagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar quyidagicha yo`lga qo`yilgan:
- 1 sentyabr Uzbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami eng buyuk, eng aziz qadriyat sifatida nishonlash to`g`risida;
- Kafedrada “Axborot va murabbiylik soatlari’’ni dars jadvalida kursatilgan holda yuqori saviyada o’tkasilishini taminlash;
- Talabalarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularda axborot technologiyalardan tug’ri foidalanish kunikmalarni shakllantirish, kitobxonlikni targ’ib qilish;
Shuningdek, kafedra oʻqituvchilari talabalarni hafta mobaynida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, barkamol avlodni tarbiyalashga yordam beruvchi umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash va fazilatlarini oshirish va takomillashtirish ishlarini doimiy ravishda olib borishadi.
Talabalar orasida quyidagi mavzularda davra suhbatlarini oʻtkazib turishadi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
- talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
- kafedradayuqumli kasallikklarning hozirgi zamon klinik kechishi, diagnostikasi, davosi, profilaktikasi tug`risida to`garak tashkil qilish va talaba, magistr, klinik ordinatorlarni jalb qilish.
KAFEDRA O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI
Yuqumli kasalliklar kursida DKTF fakultetida kursantlar «Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari» fanlari dasturlari asosida taxsil olishadi.
Kursdaklinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan bo’lib«Yuqumli kasalliklar», «Bolalar yuqumli kasalliklari» mutaxassisliklari bo’yicha amaliy va nazariy dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kursda klinik ordinatorlarni mutaxassislikga doir bilim va ko’nikmalarini o’quv yili davomida muntazam ravishda amalga oshirilib borilishi kurs professor-o’qituvchilari va shifoxona shifokorlari bilan birgalikda olb boriladi.
Yuqumli kasalliklar kursida respublikamizning boshqa tibbiyot oliygohlarini professor-o’qituvchilari bilan xamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’quv yili davomida mutaxassislikga oid ma’lumotlar o’zaro almashinishinib boriladi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №160 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– tasdiqlangan davolash standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Yuqumli kasalliklar kafedrasida o’quv jarayonini tashkil qilinishida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 80 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Kafedra kutubxonasini boyitilishi xar yili, muntazam ravishda yangilanib boriladi. Kafedra xodimlari respublikamizni boshqa tibbiyot oliygoxlari, kollej va texnikumlari bilan xamkorlikda o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar yaratib borishadi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ustida ishlash uchun barcha bemorlarda klinik tekshiruvlar, instrumental tekshiruvlar (UTT, fibroskan), umumiy va biokimyoviy taxlillar orqali, bakteriologik va serologik tekshirish usullari yordamida (kulturalar, IFA, PZR) tashxislash amaliyoti tashkil etilgan.
ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda. Kursda ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha mas'ul yordamchi Samibaeva U. X.
Barcha xodimlar kurs va institutning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadilar.
- Yuqori isitma bilan kechadigan yuqumli kasalliklar diagnostikasini optimallashtirish.
- Covid 19 diagnostikasini optimallashtirish.
- OIV infektsiyasining erta tashxisini optimallashtirish usullari.
Kadirov Jonibek Fayzullaevich-2021 yilda "bolalarda OIV infektsiyasini bashorat qilish" mavzusida nomzodlik himoyasi o'tkazildi. Hozirgi kunda kafedraning 1 nafar xodimi mustaqil tadqiqotchilardir. Ular quyidagi sohalarda tadqiqotlar olib boradilar:
Samibaeva Umida Xurshidovna"murakkab bakterial pnevmoniya bilan kasallangan covid 19 bemorlarida endotelial dissfunktsiyaning etiologik va patogenetik ahamiyati". Yuqumli kasalliklar - 14.00.10;
Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda respublikada 160 ta maqola, xorijda 10 ta maqola, Scopus i Web of Science roʻyxatiga kiruvchi jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar nashr ettirilgan. Chop etilgan oʻquv uslubiy qoʻllanmalar soni 200 dan ortiq. Shuningdek, soʻnggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 9 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 13 ta elektron dastur chop etilgan.Kurs xodimlari tomonidan 3 yilda chop etilgan oʻquv qoʻllanmalar roʻyxati
- Oslanov A. A. Kadirov J. F., Samibaeva U. X. yuqumli kasalliklar diagnostikasi (o'zbek tilida, lotin tilida) Sammu kursantlari, shifokorlari, rezidentlari va magistrlari uchun tavsiya etiladi.
- Oslanov A. A. Kadirov J. F., Samibaeva U. X., qo'llanma: homilador ayollarda yuqumli kasalliklar kursi va diagnostikasi (o'zbek tilida, lotin tilida) Sammu kursantlari, shifokorlari, rezidentlari va magistrlari uchun tavsiya etiladi.
- Kadirov J. F. monografiya: bolalard OIV infektsiyasi klinikalari-laboratoriya hususiyatlari (o'zbek tilida, lotin tilida) Sammu kursantlari, shifokorlari, rezidentlari va magistrlari uchun tavsiya etiladi.
XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI
4-5-kurs talabalari uchun" yuqumli kasalliklar " fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun akademik harakatchanlik o'tkazildi Sankt-Peterburg davlat pediatriya pediatriya fakulteti tibbiyot universiteti Kadirov Jonibekning akademik harakatchanlik dasturi doirasida Fayzullayevich Samarqandning "yuqumli kasalliklar" kafedrasi mudiri davlat tibbiyot universiteti, 16.05.2022 yildan 20.05.2022 yilgacha
"Institut" Gou o'rtasida ta'lim almashinuvini o'tkazish to'g'risida Respublika sog'liqni saqlash sohasida aspirantura ta'limi Tojikiston " va Samarqand davlat tibbiyot O'zbekiston Respublikasi instituti Ushbu AKT bilan Samarqand davlat tibbiyot institutining "yuqumli kasalliklar" fpdo kursi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi J. F. Qodirov akademik harakatchanlik dasturi doirasida "OIV infektsiyasi, Covid - 19, virusli gepatit" mavzusida ma'ruzalar o'qidi va amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi. "Yuqumli kasalliklar" 15.11.2021 yildan 20.11.2021 yilgacha