×
Menu
Close Menu

DKTF otorinoloringologiya kafedrasi


Lutfullaev G‘ayrat Umrillaevich

Kafedra mudiri t.f.d., dotsent

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 09:00-15:00
Tel:

+998 (90) 505 00 95

E-mail: lutfullayev.gayrat@sammu.uz
Manzil:

Samarqand shahri, Ankabay ko‘chasi, 6 uy


KAFEDRA XODIMLARI


Lutfullaev Umrillo Lutfullaevich

Kafedra professori, t.f.d.

Dars o’tadigan fani:

Otorinolaringologiya

Tel: +998 (91) 318 60 48

Dars o’tadigan kurslari:


Xamraev Farid Xamidullaevich

Kafedra o‘qituvchisi, t.f.n.

Dars o’tadigan fani:

Otorinolaringologiya

Tel:

+998 (91) 531 24 32

Dars o’tadigan kurslari:

Safarova Nasiba Iskandarovna

Kafedra o‘qituvchisi, t.f.n.

Dars o’tadigan fani:

Otorinolaringologiya

Tel:

+998 (91) 525 53 84

Dars o’tadigan kurslari:



Qobilova Shahodat Shoкirovna

Кafedra o‘qituvchisi

Dars o’tadigan fani:

Otorinolaringologiya

Tel:

+998 (90) 196 06 56

Dars o’tadigan kurslari:



Ne’matov O‘кtam Suyunovich

Кafedra o‘qitуvchisi

Dars o’tadigan fani:

Otorinolaringologiya

Tel:

+998 (90) 228 63 75

Dars o’tadigan kurslari:



KAFEDRA TARIXI


  SamMI Diplomdan keyingi ta’lim fakultetining "Otorinolaringologiya"kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining, xamda SamMI rektorining № 98 - U buyrug‘iga asosan 2.05.96-y. Pediatriya fakulteti LOR kafedrasi qoshida "Otorinolaringologiya"kursi sifatida tashkil qilingan.

  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni Saklash Vazirligining 1997-y. 27 yanvardagi 36 raqamli buyrug‘ini bajarish yuzasidan, SamMI rektorining 7.07.1997 y №174-U buyrug‘iga asosan "Otorinolaringologiya"kursi SamMI Vrachlar malakasini oshirish fakultetida "Otorinolaringologiya" kafedrasi etib tashkil qilindi. 2005-yilda kafedra SamMI rektorinig 335-U buyrug‘iga asosan SamMI VMOF Otorinolaringologiya kafedrasi va stomatologiya kursi deb nomlandi. 23.03.2017-yilSamMI rektorinig 326-U buyrug‘iga asosan SamMI Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti, xozirgi kunda SamDTU DKTF Otorinolaringologiya kafedrasi deb o‘zgartirildi.

  Samarqand shaxrida LOR kasalliklari bo‘limi 1929-yil Respublika shifoxonasida tashkil qilingan. Bo‘lim 20 o‘ringa mo‘ljallangan edi. Bo‘lim mudiri vazifasiga A.V. Savelev tayinlangan. 1933-yil bo‘lim bazasida institutning LOR kasalliklari kafedrasi tashkil qilingan. Bo‘lim mudiri A.V. Savelevga professor ilmiy unvoni berilgan va u kafedra mudiri vazifasiga tayinlangan.

  Aleksandr Vasilevich Savelev 1898-yil Rossiyaning Saratov guberniyasida tug‘ilgan. 1925-yil Saratov Davlat universiteti meditsina fakultetini tugatgan va 1930-yil Samarqand shaxriga kelgan.

  A.V.Savelev kafedraga 1933-1950-yillar mudirlik kilgan va bir vaqtning o‘zida 1935-1939-yillarda klinika bosh vrachi, xamda 1943-1945-yillar SamMI davolash fakulteti dekani vazifalarida ishlagan. A.V.Savelev «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatkan fan arbobi» faxriy unvoni bilan takdirlangan. U 1950-yildan Kursk meditsina instituti rektori va LOR kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

  Stanislav Kazimerovich Chengeri 1898-yilda tug‘ilgan bo‘lib, u 1925-yilda Saratov universitetining meditsina fakultetini tugatgan. Samarqand shaxriga ko‘chib kelgandan so‘ng klinikada vrach-otorinolaringolog, bosh vrachning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan. S.K.Chengeri 1944-yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoklagan va 1945-yilda unga dotsent ilmiy unvoni berilgan. S.K.Chengeri keyingi-yillarda SamMI "Otorinolaringologiya" kafedrasida dotsent vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach» faxriy unvoni berilgan.

  Veniamin Andreevich Gorchakov 1918-yil Rossiyaning xozirgi Volgograd viloyatida tug‘ilgan. 1940-yil Voronej meditsina institutini bitirgandan so‘ng xarbiy xizmatga chaqirildi. Ikkinchi jaxon urushi yillarida polk xarbiy vrachi sifatida janglarda qatnashib, ko‘rshovga tushadi va partizanlik xarakatida ishtirok etadi. Urush tugagach xarbiy xizmatni davom ettirib gospitallarda xarbiy vrach sifatida ishlagan.

  V.A.Gorchakov 1951-1959-yillarda Turkmaniston meditsina instituti "Otorinolaringologiya"kafedrasida assistent, 1959-1970-yillar Kiev Quloq-tomog‘-burun kasalliklari ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi. U 1969-yil doktorlik dissertatsiyasini yoklagan, 1970-yil professor unvonini olgan. Professor V.A.Gorchakov 1970-yil SamMI Otorinolaringologiyakafedrasi mudirligiga saylangan va 1981-yilgacha kafedra mudiri, 1981-1987-yillar ushbu kafedra professori vazifalarida ishlagan.

  Raisa Voxidovna Sadrieva 1918-yil Samarkand shaxrida tug‘ilgan. 1941-yil Samarqand meditsina institutini tugatgan. R.V. Sadrieva 1959-1964-y. ushbu kafedra dotsenti va 1964-1970-y. kafedra mudiri lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatgan. Unga 1968-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach» faxriy unvoni berilgan. Dotsent R.V.Sadrieva 1980 doktorlik dissertatsiya yoqlagan va ungaprofessor unvoni berilgan. Professor R.V. Sadrieva 1981-1987-yillar kafedra mudiri, 1987-yildan so‘ng professor- konsultant vazifalarida ishlagan.

Nasretdinov T.X.

  Taxsin Xamidovich Nasretdinov 1944-yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1966-yil SamMI davolash fakultetini tugatgan. 1968-1971-yillar Moskvada Markaziy Vrachlar malakasini oshirish instituti LOR – kasalliklari kafedrasida aspiranturada o‘qib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. T.X. Nasreddinov 1972-1978-yillar SamMI "Otorinolaringologiya" kafedrasi assistenti vazifasida ishlaydi. U 1978-1980-yillardoktoranturada taxsil olgan. 1981-1983-yillar SamMI o‘quv ishlar prorektori lavozimida ishlagan. Doktorlik dissertatsiyasini yoklagandan so‘ng unga professor unvoni berilgan. Professor T.X.Nasreddinov institutning 2-klinikasida joylashgan davolash fakulteti LOR kasalliklari kafedrasi mudiri, ikki fakultetning kafedralari birlashtirilgandan so‘ng 1987-yildan to umrining oxirigacha 2008 y kafedra mudiri vazifasida ishlab kelgan.

Muminov A.I.

  Akrom IbragimovichMuminov 1937-yilda Samarqand shaxrida tug‘ilgan. U 1961-yil ToshMI davolash fakultetini tugatgan. 1961-1965-yillarda SamMI klinikasida LOR kasalliklari kafedrasi assistenti va bir vaqtning o‘zida davolash fakulteti dekan o‘rinbosari vazifasida ishlagan. So‘ngra ToshMIga ishga o‘tib, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. ToshMI LOR kasalliklari kafedrasida dotsent, kafedra mudiri vazifalarida ishlagan. Professor ilmiy unvonini olgan. A.I.Muminov bir vaqtning o‘zida davolash fakulteti dekani va keyinchalik o‘quv ishlari prorektori vazifasini bajargan. Professor A.I. Muminov 1991-yil Buxoro tibbiyot institutining tashkilotchilaridan biri bo‘lib, 1991-1995-yillarda institutning birinchi rektori bo‘lgan. 1995-yil Samarqandga ishga o‘tib, 1995-2000-yillarda SamMI rektori va bir vaqtning o‘zida LOR kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Professor A.I.Muminov «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Lutfullaev U.L.

  2001-yil kafedra mudiri vazifasiga t.f.d. U.L.Lutfullaev saylangan. Umrillo Lutfullaevich Lutfullaev 1943-yil Samarqand viloyati Urgut shaxrida tug‘ilgan. U 1967-yil SamMI davolash fakultetini tugatgan. O‘z vrachlik faoliyatini Urgut tumani markaziy shifoxonasida boshlagan. LOR vrachlik mutaxassisligini puxta egallab, tuman shifoxonasida LOR kasalliklari bo‘limini tashkil etib, unga mudirlik qilgan.U amaliy ish bilan bir vaqtda izlanuvchi sifatida 1978-y. Moskva shaxrida Vrachlar Malakasini Oshirish Markaziy instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda «Sostoyanie verxnix dыxatelnыx putey, obonyatelnogo i vestibulyarnogo analizatorov i profilaktika ix narusheniy u tabakovodov» mavzusida nomzodlik dissertatsiya yoqlagan. U.L.Lutfullaev Urgut tumani markaziy shifoxonasi bosh vrachi vazifasida ishlagan va o‘z ilmiy ishlarini davom ettirib, 1988-yilda Kiev shaxridaKolomiychenko nomidagi Quloq, tomoq va burun ilmiy tekshirish instituti qoshida «Sosudistыe opuxoli LOR organov (klinika, diagnostika, lechenie)» mavsusida doktorlik dissertatsiya yoqlagan. 1989- 2013-y. SamMI Vrachlar malakasini oshirish fakulteti "Otorinolaringologiya" kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelgan. Xozirda kafedra professori vazifasida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Lutfullaev G.U.

  2013-yil sentabr oyidan xozirgi vaqtgacha t.f.d. G‘.U.Lutfullaev kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Lutfullaev G‘ayrat Umrillaevich 1975-yil Samarqand viloyati Urgut shaxrida tug‘ilgan. 1992-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan. 1998-y. Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini va 2000-y. klinik ordinaturani muvaffaqiyatli tugatgan. G‘.U. Lutfullaev 2000-yil aspiranturaga kirib, o‘z ilmiy faoliyatini boshladi. 2004-y. «Klinika, diagnostika i lechenie dobrokachestvennыx opuxoley nosa i pridatochnыx pazux» mavzusida professor A.M. Xakimov raxbarligida nomzodlik va 2012-y. «Diagnostika i lechenie dobrokachestvennыx opuxoley glotki» mavzusida professor S.S. Arifov raxbarligida doktorlik dissertatsiyalari ximoya qilgan va xozirda Davolash fakulteti dekani lavozimida xam faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


KAFERDANI MA’NAVIYAT-MA’RIFAT ISHLARI


  Madaniyat ishlarida kursantlar va bo‘lajak mutaxassislarning bo‘sh vaqtlarida amalga oshiriladi. Kafedraning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqtirish, sog‘lom turmush tarziga ehtiyojini tarbiyalash, kursant va talabalarni institut madaniy tadbirlariga jalb qilishdir. Ushbu vazifalarni bajarish uchun kafedrada tajribali o‘qituvchilar orasidan guruhlarga kurator ajratilgan. Kuratorlar rahbarligida kursantlar ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etishadi, madaniy hordiq chiqarishni tashkil etishadi, tarixiy obidalar va Samarqandning diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.

  Jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor beriladi. Magistratura talabalari va klinik ordinatorlar institutni sport majmuasi negizida faoliyat yuritadigan tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, jang san’atlari, engil atletika bo‘yicha sport seksiyalariga qatnaydilar. Ular viloyat va Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida ham faol qatnashmoqdalar.

  Sharq donolari aytganidek - "Ta’limni tarbiyadan va aksincha, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi". Kafedrada har yili 200 dan ortiq mutaxassislar malaka oshiradi.

  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi, unga ko‘ra tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport musobaqalariga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkaziladi. Ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, ma’naviyat markazlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda turli uchrashuvlar o‘tkaziladi.

  Xar bir murabbiy shaxsiy ish rejasiga ega bo‘lib, shu asosda murabbiylik guruxi bilan turli tadbirlar o‘tkazadi. Xar payshanba kuni dars mashg‘ulotlari “Ma’naviyat soati” yangiliklaridan boshlanadi.


O‘QUV VA O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

  Kafedra faoliyatining asosiy maqsadi – sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislarini ta’lim dasturlari asosida malakasini oshirish, bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish.

  Kafedra vazifalari:

  • LORkasalliklarini erta tashxislash, birlamchi va ikkilamchiprofilaktiktadbirlarni amalga oshirish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
  • LOR kasalliklarni zamonaviy tekshirish usullari natijalariga asoslangan xolda, tashxislash standartlarini o‘zlashtirish;
  • LOR kasalliklar bo‘yicha klinik amaliy ko‘nikmalarni yangilash va chuqurlashtirish;
  • Zamonaviy laborator va instrumental tekshiruvlar natijalarini interpretatsiya qilishni o‘zlashtirish;
  • Davolash standartlari bo‘yichabemorni olib borish dasturini tuzish;
  • Aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish orqali ko‘p tarqalgan kasalliklarni oldini olish, sog‘lom aholi o‘rtasida skrining va bemorlarni dispanser kuzatuvini olib borishni tashkillashtirish va o‘rgatish;
  • Tibbiyot xodimlarida hayotiy va ilmiy tassavvurni shakllantirishda milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni insonparvarlik mohiyatini ko‘rsatish.

  Diplomdan keyingi ta’lim Fakulteti otorinolaringologiya kafedrasida O‘zbekiston Respublikasini quyidagi viloyatlaridan kelgan otorinolaringolog mutaxassislar va boshqa soha mutaxassislari malaka oshiradilar: Samarqand, Jizzax, Surxandaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro.

  Kafedrada yuqori malakali otorinolaringolog mutaxassislari tayyorlanadi: magistr va klinik ordinatorlar.

Kursantlar on-line konferensiyada

  Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlar O‘zbekiston Respublikasining o‘quv-uslubiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan.

  O’qitish har bir sikl va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

- Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;

– O’quv reja;
– O’quv dasturi;

Kursantlar dars vaqtida

  Kafedra xodimlari tomonidan quyidagi malaka oshirish dasturlari tayyorlandi va tasdiqlandi:

  • «LOR kasalliklarini xozirgi zamon diagnostikasi va davolash usullari” 144 kredit
  • “Otorinolaringologiya” 144 kredit
  • “Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini poliklinika va ambulatoriya sharoitida diagnostikasi va davolash usullari 72 kredit
  • “UASH ishida otorinolaringologiya masalalari 36 kredit
  • “Otorinolaringologiyani dolzarb masalalari” 54 kredit
  • “Otorinolaringologiyada shoshilinch xolatlar” 72 kredit

  Ushbu mavzuli dasturlar bo‘yicha malaka oshirish sikllari tashkil qilingan.

  O‘qitish jarayonida zamonaviy telekommunikatsion tizim joriy qilingan, barcha mavzular buyicha videofilmlar, prezentatsiyalar, ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar namoish etiladi.


ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


    Kafedrada 6 xodim ilmiy faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2 nafari tibbiyot fanlari doktori, professorlar Lutfullaev U.L., Lutfullaev G‘.U., 2 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, dotsentlar Xamraev F.X., Safarova N.I., 2 nafari PhD Qobilova Sh.Sh., Ne’matov O‘.S. Kafedrani ilmiy saloxiyati 100%. Oxirgi 2 yil ichida 2 dissertatsiya ximoya qilindi. 2022 yilda Qobilova Sh.Sh. «Burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalarida ekssudativ otitni tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Sh.Sh.Qobilovaning dissertatsiya himoyasi

    2023 yilda Ne’matov O‘.S. «Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir xosilalari diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

O‘.S. Ne’matovning dissertatsiya himoyasi

    Xozirda kafedrada quyidagi xodimlar ilmiy ish bajarmoqda: Bekmurodov M.A., Fayzullaev D.Sh., Yunusova N.A. dissertatsion ishlarini tugatish arafasida. Ro‘ziev J.B., Fayzullaev A.I. dissertatsiya mavzularini tasdiqlashdi.

    Kafedrani ilmiy yo‘nalishi:

1) LOR a’zolarini onkologik kasalliklari

2) Burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini klinikasi, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari

3) Quloqni yiringli va yiringsiz kasalliklari

    Kafedra xodimlari ilmiy tadqiqot ishlari pedagogik kadrlarni tayorlash va amaliy sog‘liqni saqlash talablariga binoan olib borilib, xozirgi vaqtda fan va texnika rivojlanishi davlat dasturlari asosida muammolarni echishga qaratilgan.


XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI


  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  60 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda halqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi eqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  • Evropa mamlakatlaridagi hamkasblar
  • Nagoya davlat tibbiyot oliy maktabi universiteti (Yaponiya)
  • Ivano-Frankov milliy meditsina universiteti (Ukraina)
  • Dog‘iston davlat meditsina universiteti (Rossiya)
  • Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat meditsina universiteti