×
Menu
Close Menu

​O‘zbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari!

  Joriy yilning 25-aprel kuni Samarqand davlat universitetida “O‘zbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ikki mamlakat elchixonalari hamda ikki mamlakatning 20 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida o‘tkazildi. Suhbatlar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

  Tadbir davomida O‘zbekiston va Italiyaning bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev hamda Italiyaning Piza universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Filippo George ishtirokida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.


SamDTU Matbuot xizmati