×
Menu
Close Menu

​YOSH O‘QITUVCHILAR TAYYORLASH - NAZARIYADAN AMALIYOT SARI

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti (SamDTU) Oilaviy va preventiv tibbiyot, jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasida yosh pedagoglar uchun "Tibbiy ta’limda trenerlarni o‘qitish - nazariyadan amaliyotga" mavzusida trening o‘tkazildi. Treningda Umumiy amaliyot shifokorlari departamenti rahbari, shifokorlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha murabbiy va mutaxassis, RCGP (Shimoliy-Sharqiy London) faxriy prorektori va kengashi vakili, RCGP professori; Sharqiy London universiteti birlamchi tibbiy yordam professori; Qirollik umumiy amaliyot shifokorlari kolleji xalqaro akkreditatsiya bo‘yicha tibbiy direktori, Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori Anvar Ali Xon (Buyuk Britaniya) ishtirok etdi.

 Professor Anvar Ali Xon kattalar o‘qituvchisi xalqaro maqomiga ega bo‘lib, Buyuk Britaniyada va xorijda birlamchi tibbiy yordam shifokorlari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqqan va boshqargan. Uning pedagogikaga qiziqishi nafaqat oilaviy tibbiyot klinikasida, balki diplomdan oldingi va keyingi ta’limda shifokorlarning bilim va ko‘nikmalarini baholashda ham namoyon bo‘ladi. Shuningdek, u ta’lim va baholash bo‘yicha ko‘plab kitoblar muallifidir.

  2025-yilning 19-26-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan treningda Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro fakultetining 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilari, shuningdek, talablar ishtirok etdi.

  Trening davomida tinglovchilarga tibbiy ta’limda o‘qitish nazariyasi va uslublari, samarali usullar va kutilayotgan ta’lim natijalari haqida ma’lumot berildi, samarali mashg‘ulotlarni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi va mikrota’lim mashqlari o‘tkazildi.


SamDTU Matbuot xizmati