×
Menu
Close Menu

Rektor va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratish, qolaversa universitetda ta’lim sifati va sharoitini yanada takomillashtirish, talabalar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida universitet rektori bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinadi.
     Jumladan, joriy yilning 22-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev iqtidorli, bilimga chanqoq va tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalarning fikr va mulohazalari, muammo va takliflari tinglandi.



SamDTU Matbuot xizmati