×
Menu
Close Menu

​Janubiy Koreyaning yetakchi tibbiyot markazi bilan saraton kasalliklariga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga safari doirasida mamlakatdagi saraton kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha yetakchi davlat tibbiyot va tadqiqot muassasasi(National Cancer Center )ga tashrif buyurildi.

  Tashrif davomida markazdagi yuqori texnologik sharoit,  ilmiy va amaliy faoliyat bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, tashrif davomida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda National Cancer Center o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, saraton kasalliklariga qarshi kurashish, davolash va tashxislashga qaratilgan ilg‘or texnologiya va uskunalarni jalb qilish, soha rivoji yo‘lida birfgalikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

  Ma’lumot uchun: Janubiy Koreyadagi National Cancer Center (NCC) — bu mamlakatning saraton kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha yetakchi davlat tibbiyot va tadqiqot muassasasi bo‘lib, 2000-yilda tashkil etilgan. U Goyang shahrida joylashgan va saratonni davolash, ilmiy tadqiqotlar, ta’lim hamda milliy sog‘liqni saqlash siyosatini qo‘llab-quvvatlash orqali saraton kasalliklarining tarqalishini kamaytirishga qaratilgan.

  Tibbiy xizmatlar: NCC Koreyada keng qamrovli saraton davolash xizmatlarini taqdim etadi. Markazda proton nur terapiyasi, ilg‘or diagnostika uskunalari va xalqaro bemorlar uchun maxsus xizmatlar mavjud.

  Ilmiy tadqiqotlar: Markazda 11 ta kasallik bo‘yicha ixtisoslashgan markazlar mavjud bo‘lib, ular orasida oshqozon, jigar, o‘pka, bachadon, yo‘g‘on ichak, ko‘krak va qalqonsimon bez saratonlari bo‘yicha markazlar mavjud.


SamDTU Matbuot xizmati