×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

  Joriy yilning 26-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida oliygohda 1979-1985-yillar davomida tahsil olgan bitiruvchilar, bugungi universitet jamoasi hamda yosh talabalar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

  Tadbirda so‘zga chiqqan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Odil Muratov tashkil etilgan mazkur uchrashuvning ahamiyati haqida so‘z yuritib, bunday avlodlar uchrashuvi davomiy bo‘lishiga umid bog‘ladi.

  Tadbir davomida qariyb 40 yil avval Samarqand davlat tibbiyot universiteti(o‘sha davrda Institut)ni bitirgan nuroniy otaxon va onaxonlar so‘zga chiqib, o‘zlarining iliq xotiralarini yoshlar bilan bo‘lishdilar.

  “Uch avlod uchrashuvi” qiziqarli savol javoblarga boy bo‘lga davra suhbati shaklida davom etdi.


SamDTU Matbuot xizmati