Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida Farmatsiya fakultetining bakalavriatning 5 ta kurs talabalari jami 6 ta fanni o’rganishadi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, har bir mavzu uchun test savollari, mavzuga oid rasmli va vaziyatli testlar shakllantirilgan, videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar va markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan maxsus o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
Kafedra xodimlari tomonidan hammualliflikda Mutaxassislikka kirish va Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fanlaridan o’zbek tilidagi o’quv qo’llanmalar chiqqan.- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.