×
Menu
Close Menu

​Talabalar orasida ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

      Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Aziz Kubayev Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Umida Payzullayeva hamda 2-son davolash ishi fakulteti dekani Feruz Daminovlar ishtirok etdi.

     O‘tkazilgan uchrashuvda talabalarning ilmiy salohiyatini ko‘tarish, talabalar o‘rtasida ilmiy-amaliy ishlar, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan tanlovlar, olimpiadalar, Start-UP loyihalar shuningdek, nomdor davlat stipendiyalariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish borasida so‘z yuritildi.

     Tadbir davomida talabalarga universitetda ta’sis etilgan Rektor stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumot berilib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

     Shuningdek, uchrashuv davomida “Everest” loyihasining taqdimoti o‘tkazilib, uning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tildi.

SamDTU Matbuot xizmati