×
Menu
Close Menu

​“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik tanlovining hududiy viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

  Joriy yilning 20-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik tanlovining hududiy viloyat bosqichi o‘tkazildi.

  Tanlovda ishtirokchi jamoalar 3 ta asosiy shart bo‘yicha bellashib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz, shuningdek, jadidlarimizning xalq ma’naviyati yo‘lida ko‘rsatgan fidokorliklari aks etgan sahnalar namoyish etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

  • Samarqand davlat universiteti jamoasi 3-o‘rin;
  • Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi 2-o‘rin;
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

  G‘olib va sovrindorlarga diplomlar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, hududiy bosqichda 1-o‘rinni egallagan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi.


SamDTU Matbuot xizmati