Joriy yilning 20-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar ishtirokida MEROS PHARM kompaniyasi asoschisi Nasimjon Komilov bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.
“Tibbiyotda biznes: yosh mutaxassislar uchun imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv universitetning xorijlik talabalari bilan erkin muloqot tarzida davom etib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, suhbatda faol ishtirok etgan talabalar MEROS PHARM kompaniyasi tomonidan maxsus pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Uchrashuv yakunida Nasimjon Komilovga universitet rektori Jasur Rizayevning tashakkurnomasi topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida: Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda MEROS PHARM kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, birgalikdagi loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, kompaniya tomonidan SamDTU talabalari uchun stipendiyalar tanlovi e’lon qilingan.
SamDTU Matbuot xizmati