×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  1-son xirurgik kasalliklar kafedrasi 1933 yilda tashkillashtirilgan, professor A.A. Kozirev (1933-34 yy.), professor B.E. Pankrat’ev (1934-42 yy.), dotsent V.F. Medvedkov (1944-45 yy.), professor A.V. Sushevskiy (1946-51 yy.) va G.M. Mints (1951-56 yy.) turli yillarda rahbarlik qilishgan.

F.M. Golub (1956-1974 yy.)

I.R. Rustamov (1987-1997 yy.)

B.U. Sabirov (1997-2009 yy.)

  1956 yildan professor F.M. Golub kafedraga rahbarlik qilgan. Uning rahbarligi ostida U.A. Aripov, A.I. Britun, N.F. Dokuchaeva, R.YU. Amirov, M.A. Axmedovlar doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganlar 1964 yilda professor F.M. Golub O`zSSR da xizmat ko`rsatgan fan arbobi unvoniga ega bo`lgan. 1974-87 yillarda kafedraga professor R.Y. Amirov mudirlik qilgan. Kafedraning asosiy ilmiy yo`nalishi jarohatning bitish jarayoniga zaxarli ximikatlarning ta`siri bo`yicha eksperimental tadqiqotlar bo`lgan. Xirurgiyada immunologiya muammolari ishlab chiqilgan. Ushbu yillarda kafedrada dotsentlar R.K. Sattarov, L.V. Marokanova, V.N. SHishkinlar ishlashgan. 1988 yildan kafedrani professor I.R. Rustamov boshqargan. Kafedrada professorlar M.X. Xodjaeva va M.A. Faxratov ishlashgan. 1997 yilda fakultet va gospital xirurgiya kafedralari birlashtirildi va kafedra mudiri etib professor B.U. Sabirov saylangan. Kafedraning asosiy ilmiy yo`nalishi torakal va abdominal xirurgiyada miniinvaziv operatsiya usullarini ishlab chiqarish.

  2009 yildan 1-son xirurgik kasalliklar kafedrasiga t.f.d. (DSc), professor Kurbaniyazov Zafar Babajanovich rahbarlik qilmoqda.