Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada talabalar fakultet va gospital jarrohlik amaliyotini o'rganayotganda amaliy klinik ko'nikmalar bilan tanishadi, diagnostik va davolash jixozlari bilan ishlashni, tadqiqot usullarini o'rganib, keyinchalik u o'zlashtirganlarini amaliyotda tatbiq etadi.

  Kafedrada amaliy mashg'ulotlar kun bo'yi, 4 soat amaliy ish, 2 soat ma’ruza, va darsdan keyin 4 soat talabalar mustaqil ishi bilan shug‘ullanadilar.

  Talabalar amaliy klinik ko'nikmalarni sifatli ravishda o'zlashtirishi uchun kafedra zamonaviy fantomlar, mulyajlar bilan jihozlangan, simulyatsiya o'quv xonasi yaratilgan.

  Kafedrada o'quv sikli davomida talabalar o'zlashtirilgan amaliy ko'nikmalar asosida imtihon topshiradilar.

  Oxirgi uch yilda kafedra o'qituvchilari tomonidan yuqori kurs talabalari, magistratura va klinik rezidentlari uchun 4 ta darslik, 37 ta qo'llanma, 12 ta o'quv qo'llanma va 18 ta monografiya chop chilindi.