×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Xozirgi kunda kafedrada 18 nafar ilmiy pedagogik xodimlar, shulardan 1 nafar professor (Kurbaniyazov Z.B.), 3 nafar dotsent (Raxmanov K.E., Arziev I.A., Mardonov B.A.), 12 nafar assistent va 2 nafar doktorant, 6 nafar mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat kursatadilar. Xodimlardan 1 nafar DSc (Kurbaniyazov Z.B.) va 6 nafari PhD (Raxmanov K.E., Arziev I.A., Mardonov B.A., Zayniev A.F., Askarov P.A., Saidmurodov K.B.) ilmiy darajasiga ega. Kafedrada ilmiy darajalilar 50% tashkil qiladi.

  Soʼnggi 3 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 220 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, shu qatori Nagoya J. Med. Sci., British Journal of Science, Education and Culture, Medical and Health Science Journal, Shpitalnaya xirurgiya kabi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etildi. Kafedra xodimlari tomonidan 6 ta patent (1 ta IAP va 5 ta FAP) va 36 ta dastur (DGU) olindi.

  Kafedraning ilmiy yo’nalishlari gepatobiliar va me`da-ichak trakti rekonstruktiv xirurgiyasi, endokrin xirurgiya, xirurgik gerniologiya va h.k. Hozirgi vaqtda 2 doktorlik va 11 nomzodlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar davom etmoqda. Ilmiy ishlar klinika bazasidagi diagnostika va davolash ishlarida qo`llanilayotgan hozirgi zamon yuqori texnologiyali uskunalar yordamida olingan natijalar asosida olib borilmoqda.

Joriy yilda kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan darslik

t/r

Mualliflarning F.I.Sh (alfavit tartibida to‘liq yoziladi).

Ixtisoslik shifri va nomi

Darslik*

nomi

OO‘MTV qoshidagi muvofiqlashtiruvchi Kengashdan o‘tganligi to‘g‘risidaga guvohnoma raqami va sanasi

1

2

3

4

5

1

Xamdamov B.Z., Davlatov S.S., Arziev I.A.

5510700-oliy hamshiralik ishi

Xirurgiyada hamshiralik ishi

№ 233-1269

2

Давлатов С.С., Хамдамов Б.З., Курбаниyazov Z.B., Raxmanov K.E., Daminov F.A.

5510700-oliy hams’hiralik is’hi

Медсестринство в хирургии

№ 233-1255

Joriy yilda kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o’quv qullanma

t/r

Mualliflarning F.I.S’h (alfavit tartibida to’liq yoziladi).

Ixtisoslik s’hifri va nomi

O’quv qo’llanma*

nomi

OO’MTV qos’hidagi muvofiqlas’htiruvchi Kengas’hdan o’tganligi to’g‘risidaga guvohnoma raqami va sanasi

1

2

3

4

5

1

Z.B. Kurbaniyazov, K.E. Raxmanov, B.A. Mardonov, S.S. Davlatov

5A510112-xirurgiya

Thoracic, cardiovascular and yedocrine surgery

№ 233-1177, 19.06.2022

2

Z.B. Kurbaniyazov, K.E. Raxmanov, B.A. Mardonov, S.S. Davlatov

5A510112-xirurgiya

Abdominal surgery

№ 233-1176, 19.06.2022