×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Talabalarning bo'sh vaqtlari ma’naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi. Kafedraning har bir guruhiga tajribali o'qituvchilar orasidan saralangan kurator tayinlangan. Kuratorlar rahbarligida kafedra talabalari ommaviy tadbirlarda faol qatnashadilar, madaniy hordiq chiqaradilar, Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.

  Jismoniy tarbiya va sportga katta e'tibor beriladi. Kuratorlik guruhlari talabalari institut sport majmuasi negizida ishlaydigan suzish, tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, jang san'ati, yengil atletika bo'yicha sport to’garaklariga qatnaydilar. Ular ham viloyat, ham respublika sport musobaqalarida faol ishtirok etishadi.

  Kafedra xodimlari futbol bo'yicha O'zbekiston Respublikasi shifokorlar terma jamoasi tarkibida DIFFA tashabbusi bilan 23-26 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tgan futzal bo'yicha xalqaro turnirda ishtirok etishdi. 2 -o'rini olishdi.