Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talabalar ilmiy jamiyati

    Iqtidorli talabalar bilan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish boʼyicha institut kafedralarida kata ishlar olib borilmoqda. Har bir kafedrada studentlarning ilmiy toʼgaragi mavjud boʼlib, ular bulajak shifokor-pedagoglarni ilmiy va amaliy faoliyatga tayyorlaydilar. Tugarak yigʼilishlarining mavzulari xilma–xil boʼlib, studentlarga oʼzi qiziqqan yunalishlari buyicha ilmiy tadqiqotlarni tanlashga imkon beradi. Fakultetda iqtidorli yoshlarni aniqlab, ular bilan ishlash boʼyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Har yili fakultet studentlari turli fanlar boʼyicha Respublika olimpiadalarida qatnashib, gʼolib boʼlishadi.

    Turli xalqaro va xalkaro miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etish–bu turli toʼgaraklarning faoliyati natijasidir. Xar yili tibbiy pedagogika fakulteti talabalari xalkaro tibbiyot konferentsiyalarida qatnashib, 1 – darajali diplom va esdalik uchun oltin medallarga sazovor boʼlishadi.

    Talabalarning ilmiy to'garaklar ishida ishtiroki fakultet ishida ta'lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Unda 150 dan ortiq talaba ishlaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining materiallari har yili universitetning yosh olimlari konferensiyasida e'lon qilinadi va eng yaxshi ishlar har yili 10-15 sovrinli o'rinlarni olgan universitetlararo ilmiy anjumanlarga topshiriladi. Bu esa, dekanatni diplomdan keyingi ta'limdan so'ng, talabalar nominal stipendiyalarni tayinlash, ilmiy ish, aspirantura, chet elda malaka oshirish va shunga o'xshash tavsiyalar uchun tanlov o'tkazish haqida o'ylash imkonini beradi.

    2020-yil 20-28-may kunlari mamlakatimizda Oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida Respublika onlayn olimpiadasi bo'lib o'tdi. Olimpiadada turli fanlar bo'yicha turli Oliy o'quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar. Uning yakunlariga ko'ra, "Ingliz tili" fanidan 1-o'rin Davolash fakulteti talabasi Ibragimov Sherzodga berildi.

Fakultetning 3-nafar talabasi institutda joriy etilgan “Rektor stipendiyasi” sovrindori bo`ldi