Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fakultet ilmiy – tаdqiqot ishlаri

  Fakultet kafedralarining xodimlari ilmiy – tadqiqot ishlarida faol ishtrok etib kelishmoqda. Oʼtkazilayotgan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi yuksak metodik va zamonaviy darajada.

  Fakultet professor – oʼqituvchilar jamoasiining meditsina ilm - fanini yuksalish (rivojlanish)ida “Ona va bola salomatligini himoyalash” muammosi boʼyicha ilmiy - tadqiqot ishlari katta ahamiyat va salmoqli ulushga ega. Bunda, regional oʼziga xoslik inobatga olingan holda, ayollar va bolalarni tashxislash, profilaktika va KASB TA’LIMI ishlari hududga muvofiq olib boriladi. Oʼtkizilgan tadqiqotlar natijalari amaliyotda oʼz oʼrnini topadi va KASB TA’LIMI profilaktika chora-tadbirlarining sifatini oshiradi.
  Fakultetning 70 dan ortiq pedagog - oʼqituvchilar chet eldagi yirik markazlarda oʼz malakasini oshirishdi, koʼplab oʼqituvchilarimiz nufuzli xalqaro konferensiya ishlarida ishtrok etishib, oʼz chiqishlarining dolzarbligiga eʼtiborni tortdilar. Fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari xalqaro, respublika va mahalliy nashriyotlarda nashr qilib boriladi.
  Studentlarni ilmiy to’garak ishlarida (SNO) qatnashishi – Fakultet ish jarayolarining ajralmas qismi hisoblanadi. Toʼgaraklarda 740 nafar studentlar faol ishtirok etmoqda. Ularning ilmiy – tadqiqot materiallari har yili yosh olimlar konferentsiyalarida maruza qilinadi, eng yaxshi ishlar oliy oʼquv yurtlararo konferensiyalarga yuboriladi va har yili 15 – 20 ta sovrinli oʼrinlarni egallab kelmoqda. Bular, diplomgacha taʼlimni yakunlashida dekanatga studentlarni nomdor stependiyalarni tayinlashda doktaranturaga kirishda chet ellarda tajriba orttirishga tavsiya berish jarayonlarda-inobatga olinadi.

Fakultet va kafedra xodimlari “Raqamli texnologiyalarni tibbiyotga qullanilishi” nomli informatiklarning milliy anjumanida