- Ta’lim turi: Bakalavriat
- Mutaxassisligi: 5111000 – Kasb ta’limi (Davolash ishi)
- Malaka: umumiy amaliyot shifokori, pedagog
- O'qish muddati: 6 yil
- Ta'lim shakli: Kunduzgi
- Ta’lim tili: O’zbek tili, Rus tili
- Fakultet kvalifikatsiyasi: 5111000 – Kasb ta’limi (Davolash ishi) yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
sog’liqni saqlashni birlamchi tizimida tibbiy faoliyatni tashkil etish; aholi orasida keng tarqalgan o’tkir va surunkali kasalliklar bo’yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish; shoshilinch yordam ko’lami bo’yicha zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish hamda amaliyotda qo’llash; tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan kasalliklar hamda muommolar bo’yicha zamonaviy ma’lumot, bilimlarga ega bo’lish va faoliyati davomida ular to’g’risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish; aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar bo’yicha zamonaviy tashxislash va davolash standartlarini maqsadga yo’naltirilgan holda amaliyotda qo’llash; reabilitatsiya choralari talab qilinadigan holatlarda, ularni aholiga zarur bo’lgan darajada qo’llash chora-tadbirlarini o’z vaqtida amalga oshirish ; aholini ijtimoiy muhofaza qilishda uning uchun ma’sul bo’lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud resurslardan unumli foydalanish; sog’liqni saqlash birlamchi tizimining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarishda ishtrok etish; tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan muommolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishda ishtrok etish. Pediatriya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari tibbiyprofilaktik; tezkor va shoshilinch tibbiy yordam; tashhislash va davolash; reabilitatsiya; tibbiy-ijtimoiy; tashkiliy- boshkaruv; ilmiy-tadqiqot.