Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Sattarov Q.N.muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida ish olib boradi:
- Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
- talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
- o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;
Kafedra jamoasi universitetda, viloyat va Respublika jumladan «Universiada 2022» sport musobaqalarida sport turnirlarida, talabalar spartakiadalarida,universitetda faoliyat koʼrsatgan mashhur kishilarning xotirasiga bag’ishlangan tadbirlar hamda tarixiy sanalari va milliy qadriyatlarimizni oʼzida aks ettirgan anʼanaviy baylarmlarimizda ham oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshib kelganmoqdalar.
2023 yil 16-31 avgust kunlari Rossiya fediratsiyasining Ekaterinburg shaxrida bo’lib o’tgan butun jaxon talabalar o’rtasida, “Xalqaro” sport fistivali sport musobaqasida universitetimiz badminton sport turi bo’yicha faol ishtirok etib talabalarimiz jamoaviy faxirli 5-o’rinni egallashdi.
Jumladan, Toshkentshahrida oʼtkazilgan «Universiada-2022» talaba-yoshlar sport musobaqasida universitetning talabasi Shermuxammedova Koxirasportning Wokauont turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqada faxrli 3-oʼrinni qoʼlga kiritgan.
Bundan tashqari respublika yoshlario’rtasida «Universiada-2022»Basketbol sport turi bo’yicha Samarqand jamoasi faxrli 2 o’rinni, badminton sport turi bo’yicha jamoaviyfaxrli 2 o’rinni (Kubaev Xabib,sanjarova Amina), Regbi sport turi boyichajamoaviyfaxrli 2 o’rinni (Shermuxammedova Koxira , Badriddinov Jalol,)qo’lga kiritdi.“Shaxmot taxtasi”sport musobaqasining viloyat final bosqichida 2-o’rinni egallab respubliкa final bosqichiga yullanmani qo’lga kiritdi.
Respublika sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan yoshlar forumi Samarqand 2023-yil 23-24kunlari sport festival bo’lib o’tdi,universitet jamoasi faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdilar.