Samarkand Davlat tibbiyot universitetida jismoniy tarbiya darslari 1938-1948 yillarda fakultativ sifatida o‘tkazila boshladi.SamDTUda jismoniy tarbiya kafedrasi birinchi bo‘lib 1948 yilda tashkil etilgan. Kafedrani turli yillarda turli raxbarlar boshqargan.1948-1950 yillar B.P.Kondratyuk, 1950-1964 yillar Y.S.Skitov, 1964-1996yillar P.V.Tokarev, 1997-1998 yillar M.X.Hamroqulov, 1998-2000 yillar E.A.Abduraupov, 2000-2005 yillar I.Z.Normaxmatov, 2005-2006 yillar S.Mamarasulov, 2006 yildan hozirgi vaqtgacha M.SH.Muratov boshqarib kelmoqda.
2006 yildan boshlab jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri M.SH.Murodov. Kafedra o‘qituvchilari bilan ish davomida ko‘plab tanlovlar o‘tkazib, talabalar ishtirokini ta’minlab kelishmoqda. Kafedrada barcha o‘quv vaqtlari davomida talabalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha sport seksiyalari, voleybol, basketbol, shaxmat, futbol, stol tennisi va boks turlariga barcha sharoitlar yaratilgan. 2023 o’quv yilidan kafedra jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi nomiga o’zgartirildi.Kafedra o‘qituvchilari muntazam ravishda talabalar sporti va boshqa musobaqalarda qatnashadilar. Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchilari talabalar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlaydilar,ularni viloyat respublika va boshqa nufuzli sport musobaqalariga tayyorlaydilar.
Kafedraning asosiy vazifalari, jismoniy xususiyatlarini rivojlantirish, uning sog'lig'ini mustahkamlash, bu esa sog'lom avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy tamoyillari, sport va ilmiy faoliyatning uslubiy asoslarini o‘rgatish; ijtimoiy jarayonlarda mas'uliyatli ishtirok etish va o'z-o'zini barqaror takomillashtirish qobiliyatiga ega shaxsni tarbiyalash; zamonaviy talaba yoshlarni ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik va barkamol inson qilib tarbiyalash,
Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom, barkamol insonni voyaga yetkazishga intilish o‘zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Binobarin, ma’naviy-ma’rifiy ishlar “Jismoniy tarbiya va sport ” kafedrasining eng muhim faoliyati hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar doimiy ravishda tuzilgan va tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.
Kafedrada talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida quyidagi ishlar olib boriladi:
- jismoniy tarbiya tamoyillari o'quv-uslubiy jarayonning mazmuni, tashkil etish
- mamlakatni isloh qilish bo‘yicha respublikada amalga oshirilgan ma’lumotlarni talabalarga o‘z vaqtida yetkazish;
- talabalarda sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish bo'yicha
- talabalarning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish;
- dunyoda va mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy voqealar haqidagi ma’lumotlarni talabalarga o‘z vaqtida yetkazish;
- talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish bo‘yicha talabalarning bo‘sh vaqtini tashkil etish, kafedrada o‘qitiladigan fanlarga mos ravishda turli qiziqish to‘garaklarini tashkil etish.
Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilmoqda.
Hozirda “Jismoniy tarbiya va sport ” kafedrasi professor-o‘qituvchilari quyidagi mutaxassislar bo’yicha o’z ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.