Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

Farmakologiya kafedrasi xodimlari TTJ da tarbiyaviy soat o’tkazmoqda

Kafedra xodimlari kafedrada ko’p yil samarali mexnat qilgan fahriy o’qituvchilar ahvolidan doimiy habardordir


    Kafedraning yillik rejasi 2023-yilning avgust oyida tasdiqlangan bo'lib, unda asosan 5 ta asosiy bo'lim mujassamlangan bulib ular quyidagilardir:

    1. Tashkiliy ishlar. Bunda o'tgan o'quv yili ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar natijasi muhokama qilinadi va yangi o'quv yili uchun kafedraning hamda guruh murabbiylarini yillik ish rejalarini tasdiqlash masalasi bo'yicha kafedra mudiri dots. Yuldashev S. J. kafedra a'zolariga topshiriqlar beradi. Bundan tashqari, ma'naviy – ma'rifiy sohaga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik hay'ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalarning kafedrada to'laqonli bajarilish tashkil etish, ijro intizomini bajarilishi haqida ham kafedra mudiri dots. Yuldashev S. J. o'zlarini kerakli maslahatlarini berib boradi.

    2. Ma'naviy barkamol mutaxassislarni tayyorlashda tarbiyaviy ishlar ustuvorligini ta'minlash.

    Bu bo'lim o'z ichiga 10 ta asosiy bandlarni qamrab olgan bo'lib, ularda asosan ta'lim-tarbiya, odob-axloq, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, teran fikrlashga undaydi. Ushbu bo'limdagi 5-bandida sog'lom turmush tarzi falsafasi shakllantirilgan bo'lib, institutda sog'lom turmush tarzi – yuksak ta'lim-tarbiya asosi kabi mavzularda davra suhbatlari uyushtirish, inson salomatligini asrashga oid milliy qadriyatlar va an'analar bo'yicha "sog'lom turmush tarzi va yoshlar tarbiyasi" mavzusida bukletlar tayyorlash, mashhur sportchilar, Universiada sport musobaqalari sovrindorlari, sport faxriylari bilan talabalar uchrashuvini tashkil qilish hamda giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari haqida davra suhbatlari, kechalar tashkil etish, inson salomatligiga salbiy ta'sir qiluvchi illatlarni oldini olishda talabalar faolligini oshirish kerakligi haqida murabbiylarga tegishli ko'rsatmalar beriladi.

    Badiy-estetik tarbiya haqida talabalarning san'atga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida havaskor qo'shiqchilik turlari bo'yicha badiiy dastalar tashkil etish, folklor-etnografik dastalarning Respublika tanlovida ishtirokini ta'minlash, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun daxldorlik hissi bilan yo'g'rilgan badiiy yetuk-qo'shiqlar yaratishni rag'batlantirish maqsadida turli Respublika ko'rik tanloviga talabalarni jalb etish kerakligi haqida guruh murabbiylariga tegishli maslahatlar berib o'tiladi.

    Iqtisodiy va ekologik tarbiya haqida insonlarni halol yashashga to'g'ri ishlashga da'vat qilib, "halol rizq topish iymondandir" mavzusida davra suhbatlarni har bir murabbiy o'z guruhi bilan alohida yig'ilishlar o'tkazib, talabalarni halollikka undash haqida ma'ruzalar qiladilar.

    3. O'zbekiston mustaqilligi printsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta'lim muassasalari, ota-onalar, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

    Ta'lim tarbiyaviy ishlarda ota-onalar, ustoz-murabbiylar, aloqalarni jonlantirish va o'zaro axborot almashinuvini tizimli yo'lga qo'yish, farzand tarbiyasi va ota-ona mas'uliyati mavzusida ma'ruzalar tashkil etish hozirgi kunning eng asosiy masalalaridan biridir.

    4. Milliy qadriyatlar va an'analar

    Milliy qadriyatlar va an'analar, ajdodlarimizning boy me'rosini targ'ib qilish bo'yicha "Ma'naviyat soatlari" uchun mavzular va kerakli materiallar tayyorlanadi.

    9-may – xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab "inson qadri va uning xotirasi muqaddas" mavzusida kafedra mudiri dots. Yuldashev S. J. o'quv zalida talabalarga 1941-1945 yillardagi bo'lib o'tgan dahshatli kunlar haqida ajoyib ma'ruza qilib beradilar.

    5. Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish

    Talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga yo'naltirilgan fan to'garaklari tashkil etilgan. Bundan tashqari kafedra o'qituvchilari yil davomida har oyning belgilangan kunlarida TTJ da tungi navbatchilikni ham bajarib, u erda talabalar bilan ta'lim-tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib borishdi.

    O'quv yili boshida oqim va guruh murabbiylari o'zlariga biriktirilgan talabalar bilan mustahkam aloqada bo'lib, o'quv yili davomida bajarilishi lozim bo'lgan ish rejalari kelishib olinadi. Reja asosida murabbiylar va talabalar bilan turli tadbirlar o'tkazib, bu haqida albomlar va disklar tashkil etiladi.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta tashabbus ijrosi yuzasidan kafedrada tahsil olayotgan talabalarda mustaqillik g'oyalari, yuksak ma'naviyat va insoniylikning milliy an'analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatiy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy sohada olib brilayotgan ishlarni takomillashtirish, talaba yoshlarni turli xil oqimlar va jamiyatimizga yot bo'lgan illatlardan asrash hamda jamoada doimiy hushyorlikni ta'minlash va bu borada kafedra professor-o'qituvchilari mas'uliyatini oshirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining 2017-yil 31-iyulidagi 526-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish bo'yicha namunaviy Nizom" va "Oliy talim muassasalarining murabbiylar kengashi to'g'risidagi Nizom", shuningdek, Vazirlikning 2017-yil 23 avgustdagi 600-son buyrug'i hamda Vazirlikning 2019-yil 02 fevraldagi 87-04-249-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida farmasiya va stomatologiya fakultetlari dekanlarining "fakultetda 2021-2022 o'quv yilida murabbiylar Kengashini tashkil etish hamda “guruh murabbiylarini tayinlash to'g'risida” gi farmoyishlari tasdiqlandi.

    - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019-yil 02 fevraldagi 87-04-249-sonli xati ilovasi bilan yuborilgan guruh murabbiylari faoliyatini baholashning "namunaviy mezoni" talablarini o'z vaqtida bajarib borish;

    -har o'quv yili boshida yillik ish rejalarini tuzish va rejada belgilangan tadbirlarni o'z vaqtida to'liq amalga oshirishi, guruhdagi har bir student to'g'risidagi to'liq ma'lumotni shakllantirish;

    -O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va mahalliy hokimiyat hamda institut rektorining o'quv-tarbiyaviy faoliyatga doir buyruqlari ijrosini o'z vaqtida ta'minlash;

    -studentlarning odob-ahloq qoidalariga amal qilish darajasini yuksaltirish, davomat va o'zlashtirishni mukammal tahlil qilish, jamoat ishlariga jalb qilish;

    -har bir studentning shaxsiy qiziqishi to'g'risida mukammal ma'lumotga ega bo'lish, bo'sh vaqtlarining mazmunli o'tkazilishini ta'minlash, ota-onalari bilan doimiy muloqotda bo'lish;

    -guruhlarda iqtidorli studentlarni aniqlash, ularni ilmiy-ijodiy to'garaklarga jalb etish vazifalari yuklatildi.

    2023-yil Prezidentimiz tomonidan "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan kafedrada ma'naviy ishlar yanada rivojlantirildi. Haftaning payshanba kunlari o'tkaziladigan "axborot soati" da shaxsning ma'naviy kamolotini rivojlantirish maqsadida yuksak ma'naviyat mezonlari, talabalar ma'naviy kamoloti, diniy bag'rikenglik mavzularida suhbatlar yil davomida doimiy o'tkazib borildi. "Odam savdosi – asr vabosi" mavzusida viloyat IIB odam savdosiga qarshi kurash bo'limi, viloyat bojxona, diniy nazorat va viloyat OITS markazi xodimlari ishtirokida katta tadbir o'tkazilib, unda odam savdosi salbiy oqibatlari haqida videofilm namoyish etildi.

    Milliy bayramlar, tarixiy shaxslar va buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari doimiy nishonlanib kelindi. Jumladan, "Mustaqillik bayrami", "Ustoz va murabbiylar kuni", "Til bayrami", "Qurbon hayiti", "Vatan himoyachilari kuni", "Хalqaro xotin-qizlar kuni", "Navro'z bayrami", "Xotira va qadrlash kuni" singari bayramlar.

    Bulardan tashqari Respublika va jahon miqyosida o'tkaziladigan kunlar:

  • Respublika va jahon miqyosida kunlar:
  • 1-sentabr O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
  • 2- sentabr Bilimlar kuni
  • 18- oktabr Samarqand shahri kuni
  • 3- noyabr Xalqaro nogironlar kuni
  • 1-dekabrb OITSga qarshi kurashish kuni
  • l-yanvar Yangi yil bayrami
  • 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
  • 8-mart Halqaro xotin-qizlar kuni
  • 21-mart Navruz bayrami
  • 9-маy Xotira va qadrlash kuni
  • 18-май Хаlqaro muzeylar kuni
  • 1-iyun Bolalarni ximoya qilish kuni
  • 24-iyun Narkomaniyaga qarshi kurashish kuni
  • Bundan tashqari Hayit bayramlari va boshqalar.

Kafedrada haftaning har payshanba kunlari ma'naviyat soati o`tkaziladi.