Farmakologiya kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari talabalar ilmiy to’garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu yig’ilishlarda ilmiy ishlar rejasi muammolari muhokamasi, to’plangan dalillar va ilmiy izlanishlar natijasi tahlil etiladi. Yozilgan tezislar, ularni nashr qilish va anjumanlarda qatnashishi masalalari muhokama qilinadi. Farmakologiya kafedrasi TIT "Yosh farmakolog" deb nomlanib to`garak azolari Soni48 nafar talabalardan iborat. TIT azolari kafedrasi assisentlariga biriktirgan bo`lib, ular orasida ustoz shogird ananalari yaxshi shakllantirilgan. TIT rahbarlari kafedra mudiri, t.f.n., dotsent S.J. Yuldashev va ma`sul D. B. Shukurova bo`lib hisoblanadi. Kafedra TIT ishchi rejasi kafedra mudiri va masullar tarafidan ishlab chiqilgan bo`lib TIT faoliyati ushbu ishlab chiqilgan reja bo`yicha olib boriladi. Kafedra TIT a`zolari yig`ilishlarini haftning shanba kunida kafedraning konferensiyalar zalida olib boriladi. Kafedrada o`tkazilgan yig`ilishlar bayonnoma tarzida rasmiylashtirib boriladi.
Kafedra mudiri va ma`sullar tomonidan SamDTU iqtidorli talabalariga biriktirilgan kafedra xodimlarining ilmiy mavzulari shaklantirilgan bo`lib talabalar ilmiy ishlari bo`yicha tezislar, maqolalar, tayyorlab borishmoqda. TIT a`zolari hozirgacha o`tkazilgan mahalliy, Xalqaro olimpiadalar, konferensiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko`rsatib kelishmoqda. Bundan tashqari kafedramiz TIT a`zolari tomonidan Xalqaro va Respublika OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda TIT a`zolari tomonidan maqolalar yozib borilmoqda.